Darhaqiqat, umr oqar suvdek tez o‘tib ketadi. Shu kunlarda internet olamida «10 yil avval va hozir» nomli fleshmoblar yaxshigina ommalashdi. Biz ham qo‘ldan kelgancha muxlislarimiz uchun zamonaviy futbol olamidagi eng mashxur insonlarning 10 yil avvalgiva hozirgi ko‘rinishini taqdim etamiz va yodga olamiz. Qani ketdik.
Joze Mourinyo
Bundan 10 yil avval bu murabbiy sayyoramizda 1-raqamli edi. Sababi, o‘sha yili «Benazir» «Inter» klubi bilan trebl qayt etgan, CHL doirasida «Barselona», «Chelsi», «Bavariya» singari kuchli jamoalarni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa qit’asida tengsiz deya topilgan edi. Aynan o‘sha yili Joze o‘zining kelajagini «Real Madrid»da davom ettirish borasida muzokaralar o‘tkazayotgan edi. «Benazir» o‘tgan vaqt mobaynida bir nechta sovrinlar egasi bo‘lishga ulgurdi. Demak, uning 10 yil umri havoga uchib ketmadi desak, adashmagan bo‘lamiz.
Lionel Messi
O‘n yil avval.O‘sha yili Messi o‘zining ilk oltin to‘pini qo‘lga kiritgan edi. Keyinchalik bunaqa to‘plardan yana to‘rttasini qo‘lga kiritishini Messining o‘zi bilganmikan? Ha, aytgancha «2009-yildagi oltin to‘p Snayderniki edi» deydiganlar oramizda hali ham topilsa, ajab emas, lekin aytilganidek hisob unitiladi, natija esa qoladi.
Messi o‘tgan vaqt mobaynida olgan 4 ta oltin to‘pida hech kimda hech qanday shubha qoldirmaydi va sayyoramizning eng kuchli futbolchisi deya tan olinadi.
Gvavrdiola
Ha, bundan 10 yillar avval Gvardiolada soch bilan hech qanday muammolar bo‘lmagan ekan. Lekin, hozirgi Gvardiola avvalgisiga nisbatan ancha ulg‘aygan va zamonaviy futboldagi eng kuchli murabbiylardan biriga aylangan.
Yurgen Klopp
Kloppga «vaqt mashinasi ta’sir qilmagan» deya ta’rif bersak, adashmagan bo‘lamiz. Unda hamma narsa o‘sha-o‘sha: pozitiv kayfiyat, rok qo‘shiqchilarinikiga o‘xshash soch-soqol, faqat bir narsa o‘zgargan, u ham bo‘lsa u boshqarayotgan jamoa.«Borussiya Dordmund»ning sobiq murabbiyi. 10 yil vaqt mobaynida janob Klopp ko‘plab sovrinlarni yutishning uddasidan chiqa olmadi, lekin millionlab muxlislar orttirdi
Kristiano Ronaldo
Krish 10 yil avval «Real Madrid» safida javlon urayotgan yosh yigitcha edi. Uning tashqi ko‘rinishi u qadar o‘zgarmagan. Lekin o‘yinida o‘zgarishlar bor. Avvallari Ronaldo qanotlarda fintlar ishlatib tez-tez hujumga o‘tar, o‘yin mobaynida katta hajmdagi ishni bajarar edi. Bugun esa yoshi o‘tgani sayin o‘z pozisiyasi va o‘yin uslubini o‘zgartirdi. Ronaldo darvozaga yaqin o‘ynamoqda. Qanot yarim himoyachisidan deyarli hujumchiga aylandi. Tan olish kerak, Ronaldo bu ishni ham qoyilmaqom bajarmoqda. U o‘tgan vaqt mobaynida 2016-yil terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘olib chiqadi va o‘z nomini tarix kitobiga oltin harflar bilan yozib qo‘yishga ulguradi.
Neymar
2009-yilda «Santos» klubida debyut mavsumini o‘tkazadi. Neymar o‘zining potensialini to‘liq ko‘rsata oldi. Braziliyadan ko‘plab yosh iqtidorlar chiqqan, lekin hammasi ham Neymar darajasiga chiqa olishmagan. Neymar «Barselona» safida Suarez va Messi bilan birgalikda ajoyib trio hosil qiladi va klublar doirasidagi jamiki turnirlarda g‘olib chiqadi. 2017- yilda Neymar transfer rekordlarini yangilab «PSJ» ga o‘tib ketadi. Buning sababi deya ko‘pchilik Messining soyasida qolishdan qo‘rqqanini ko‘rsatishsa, qolganlar yaxshigina pul ishlab olish maqsadida ketdi deya hisoblashadi.
Killian Mbappe
10 yil avval Mbappe yosh bola edi. Darhaqiqat, yoshgina yigit hozirda Neymardan asta-sekinlik bilan har jabhada oldinlab ketmoqda. Ko‘plab mutaxassislar tez orada oltin to‘p uchun asosiy da’vogar deya Neymarni emas Mbappeni ko‘rsatishmoqda. Hali juda yosh bo‘lishiga qaramasdan Killian Jahon chempioni bo‘lishga ulgurdi. Tezlik, texnika, o‘yinni o‘qiy olish, g‘alabaga chanqoqlik borasida Mbappe alaqachon neymardan ilgarilab ketgan. 10 yil avval esa bu futbolchi «Chelsi» akademiyasiga kirishni orzu qilib yurgan beg‘ubor bola edi. Ha, hayot unga qanday sovg‘alar atab qo‘yganini kichkintoy Mbappe tasavvur ham qilib ko‘rmagan bo‘lsa kerak.
Luka Modrich
Bu futbolchi APL ing o‘rtamiyona futbolchisidan super yulduz darajasiga chiqa oldi.
Ektor Kuper
2009-yil Ektor Kuper uchun anchayin omadsiz yillar bo‘lgan ekan. Klublar bilan o‘zi xohlagan natijaga erisha olmagan Kuper Gruziya termasi bosh murabbiyi sifatida kariyerasida yangi sahifa ochadi. To‘gri, birdaniga katta g‘alabalarga erishish Gruziya termasi bilan amalga oshmaydi, lekin qahramonimiz Misr terma jamosi bilan ancha-muncha yutuqqa erishadi. Uzoq kutilgan Mundial va Afrika millatlar kubogidagi final Kuperning salohiyati yuqori ekanligiga yana bir isbot
Hozirda termamiz bosh murabbiyining ishlari chakki emas. Qisqa fursatda katta hajmdagi ishni amalga oshirgan Mister Kuperdan muxlislarimizning umidlari katta!
Odil Ahmedov
2009-yilda «Paxtakor» safidagi so‘nggi yulduz futbolchi edi. O‘sha yili Ahmedov jamoasi bilan «Bunyodkor» klubiga ichki chempionatni boy bergan, mamlakat kubogi bilan chegaralanishgan edi. O‘sha yillari termamizning sardori o‘rtamiyonadan sal balandroq darajadagi futbolchi edi. 2011-yildagi Osiyo kubogidan so‘ng esa «Anji» safiga borib qo‘shilgan futbolchimiz nomdor futbolchilar orasida yo‘qolib qolmaydi. 2011-yilda «Anji» jamoasida yil futbolchisi deya topiladi. Ahmedov keyinchalik Rossiyaning boshqa bir klubi «Krosnadar» safiga borib qo‘shiladi. Oxirgi bekat esa hozircha Xitoyning «Shanhay» klubi. Ahmedov super yulduzlar to‘p suradigan chempionatda klubi bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va o‘zbek futboli uchun yangi sahifa ochdi.
Eng quvonarlisi shundaki, Ahmedov terma jamoamizdagi almashtirib bo‘lmas figura hisoblanadi. Uning yurtimiz futboli ravnaqi uchun qo‘shayotgan hissasi katta. O‘tgan 10 yil mobaynida Odil nafaqat o‘zining, balki o‘zbek futbolining ham nomini butun dunyoga yoyishga muvaffaq bo‘ldi.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev