Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Sala halokati bo‘yicha so‘nggi tafsilotlar

Sala halokati bo‘yicha so‘nggi tafsilotlar

Baho:
+ | -

Normand orollari aviasion qidiruv guruhi boshlig‘i, La Mansh bo‘g‘ozida «Kardiff Siti»ning yangi futbolchisi Emiliano Sala bo‘lgan samolyotni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan Jon Fitsjerald ish yakunlari haqida ma’lumot berdi.

«Menga xabar berishlaricha, dengizda yostiq, to‘q sariq rangdagi predmet, quti va boshqa ko‘plab oq rangdagi buyumlarni topishgan. Ularning atrofida metalla parchalari suzib yurgan», — deya Fitsjeraldning so‘zlarini keltirmoqda RMC.

Fitsjerald qoldiqlar topilgan joyga qutqaruv qayig‘i yuborilgani haqida ma’lumot bergan.

Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni Sala «Nant»dagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish uchun Fransiyaga qaytgan va xususiy samolyotda Uelsga qaytgandi. Ammo u chiqqan xususiy samolyot qo‘nish vaqtidan bir soat avval radarlardan yo‘qoldi. Uni o‘sha zahoti qidirish ishlari boshlandi, ammo ob-havo sharoiti va qorong‘i tushgani tufayli ishlar to‘xtatildi. Qidirish ishlari 22 yanvar kuni tiklanib, kun bo‘yi 5 samolyot va yana bir qancha qidiruv kemalari ish olib borishdi, ammo natija bo‘lmadi.

Bu orada OAVda futbolchi parvoz vaqtida WhatsApp guruhidagi yaqinlariga audioxabar jo‘natgani ma’lum qilindi.

«Salom, yigitlar, ishlar qalay? Ukaginam, mening kuchim qolmadi. Nantda bir qator ishlarni bajardim, hozir esa sochilib ketishi mumkin bo‘lgan samolyotda Kardiffga uchyapman. Ertaga hammasi boshlanadi, kunduzi yangi jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishaman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkan. Aka-ukalar, opa-singillar qalay? Hammasi yaxshimi? Yana bir yarim soatdan so‘ng mendan yangiliklar bo‘lmasa, bilmayman, kimdir meni qidiradimi? Balki, meni topishning imkoni bo‘lmas. Xudoyim, qanday dahshat», degandi futbolchi.

Qidiruvning ikkinchi kuni polisiya futbolchining omon qolganiga umid deyarli yo‘qligini ma’lum qilgandi.

«O‘sha vaqtda havo ancha sovuq bo‘lgan. Shuningdek, muzli yomg‘ir yoqqan. Quyuq tuman esa ko‘rish chegarasini kamaytirgan. Hozir esa barchasi yaxshi. Havo ham zo‘r, biroz issiq.

Mening ilk xulosalarim oddiy. Sala katta ehtimol bilan halok bo‘lgan. Bunday sharoitda odam bolasi tirik qolishi amri mahol. Ammo taslim bo‘lish yo‘q, izlashda davom etamiz», degandi Jon Fitsjerald.

Uchinchi urinish 23 yanvar tongida boshlangandi.

28 yoshda bo‘lgan Emiliano Sala futbolchilik faoliyatini 2010 yili «Bordo» safida boshlagandi. U 2012-13 yillarni «Orlean», 2013-14 yillarni «Nyor», 2015 yilni esa «Kan» safida o‘tkazgandi. Sala 2015 yildan buyon «Nant» safida to‘p surib kelgan, «Kardiff Siti» 20 yanvar kuni, qishki transferlar doirasida Salani o‘z tarixidagi rekord qiymatga - 20,5 mln yevro evaziga transfer qilgandi. Argentinalik forvard uelsliklar klubi bilan 2022 yilga qadar shartnoma tuzgandi.

Manba: Tribuna
Kiritildi: 13:48, 23.01.2019.
O'qildi: 18588 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.