“Chelsi” yarimhimoyachisi Villian Angliya kubogining 1/16 finalida “Sheffil Uensdey” darvozasiga gol urdi.
Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi Angliya kubogidagi gollari sonini 9 taga yetkazdi va “ko‘klar” safida 50-golini urdi.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchi “Chelsi”da 2013 yildan beri o‘ynaydi. Joriy mavsum u APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushib 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.