«Navbahor»da yarim mavsum to‘p surib, «bombardir» bo‘lgan Yuriy Selixning sobiq jamoasi «Sevastopol» bugun "lochinlar"ga qarshi o‘ynaydi. Sevastopol shahri jamoasi Qrimning ikkinchi raqamli jamoasi sanaladi. Birinchi raqamli klubini esa jamoa 4 kun avval mag‘lub etgandi.
«Sevastopol»ga qarshi uchrashuv 16:00da Yevpatoriyadagi o‘yingohda boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 31 yanvar kuni esa "Navbahor" so‘nggi o‘yinni mahalliy «Evpatoriya» klubi bilan o‘tkazadi va ertasiga yurtimizga qaytib keladi.