Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘FA Shamshod Sarikov va Ja’far Irismetovdan tashqari yana bir kishini chetlatdi

O‘FA Shamshod Sarikov va Ja’far Irismetovdan tashqari yana bir kishini chetlatdi

Baho:
+ | -

Shamshod Sarikov va Ja’far Irismetov 6 oyga diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, O‘zbekiston futbolini rivojlantirish yo‘lida “Paxtakor” va “Navbahor” rahbariyati katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, “Paxtakor” investorlari va Namangan viloyati hokimining xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak.

Biroq ularning ishonchida bo‘lsa-da, aslida reglamentda belgilab qo‘yilgan talablarni pisand qilmaydigan, ulardan yaxshi xabardor bo‘lmasligi oqibatida, o‘z klublari sha’niga putur yetkazadigan kadrlar ham uchrab turibdi. Yuqoridagi ikki qo‘mita o‘zaro kelishib, mana shunday kadrlarning uch nafarini 6 oyga futboldan chetlashtirdi.

“Paxtakor” sport direktori Ja’far Irismetov o‘zi faoliyat olib borayotgan klub Aziz Turg‘unboyevning transferi masalasi yuzasidan “Navbahor”ga rasmiy chiqish qilmagan bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi, jamoa murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov hamda futbol agentlari bilan bemalol ish olib boravergan.

Ya’ni, Turg‘unboyevning “Navbahor” bilan shartnomasi yakuniga 6 oydan ko‘proq vaqt bo‘lsa-da, Irismetov reglamentga zid ravishda klubni rasmiy ogohlantirmay, u bilan aloqaga chiqavergan. Suhbat davomida Irismetov buni o‘zi tan oldi.

Shuningdek, Irismetov “Navbahor” bilan ikkinchi shartnomaga qo‘l qo‘ymaslik, bu reglamentning buzilishi bo‘lishi haqida Turg‘unboyevni to‘g‘ri ogohlantirgan. Biroq sport direktori sifatida o‘zi yuqoridagi xatoga yo‘l qo‘ygan, shuningdek, “Paxtakor” tarkibiga kelib qo‘shilmasa, futbolchini 2 yil futboldan chetlashtirib yuborish bilan qo‘rqitgan. Vaholanki, u bu ishni O‘FA orqali hal qilishi mumkin edi. Futbolchiga bo‘lgan bosim esa ortiqcha.

“Navbahor” vise-prezidenti Shamshod Sarikov esa Turg‘unboyev ishini silliq qilib yuborish borasidagi puch yong‘oq bilan futbolchining qo‘ynini to‘ldirib, uni ikkinchi shartnomaga undagan hamda unga qo‘l qo‘ydirgan. Shuningdek, PFL ro‘yxatdan o‘tkazgan boshqa klub futbolchisini hech kimni ogohlantirmay, Qrim yig‘iniga olib ketgan.

Reglamentni yuqoridagi kabi masalalari unga tushuntirilganda, Sarikov ulardan bexabarligi, boshqa narsadan umid qilgani, boshqacha o‘ylagani kabi vajlarni keltirdi. Shundan kelib chiqib, O‘FA Sarikovga ham futbol borasidagi bilimlarini oshirib olish uchun imkoniyat berishga qaror qildi va uni ham Irismetov kabi 6 oyga futbolda chetlatdi.

Qo‘shimchasiga, futbol haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmagan, o‘z vazifasiga noloyiq deb topilgan “Navbahor” bosh direktori Rasul Akromov ham futboldan 6 oy “dam oladi”. U mazkur masalalarni o‘z nazoratiga olmagani, reglament haqida tasavvuri yo‘qligini tan olib o‘tdi.

Bu ikki tarafning o‘yinlari sabab huquqiy savodi yetarlicha bo‘lmagan bir futbolchi aziyat chekdi. Shuning uchun ham faqatgina Turg‘unboyevning diskvalifikasiya bo‘lib ketishi adolatdan bo‘lmasdi. “Paxtakor” va “Navbahor” rahbariyati o‘z sport direktoriga, vise-prezidentiga ishonib ish ko‘rgan va voqeaning barcha tafsilotlaridan boxabar bo‘lmagan. Yuqoridagilarni inobatga olib, Aziz Turg‘unboyev bilan tuzilgan har qanday shartnomalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

Ya’ni, 9 iyulga qadar Turg‘unboyev hech bir klub bilan aloqaga chiqmaydi, ammo shu sanadan e’tiboran erkin agentga aylanadi. Turg‘unboyev bilan kelishish vaqtida hozir bo‘lgan, biroq uning boshiga ish tushgan vaqtda himoya uchun kelmagan futbol agentlari bilan hamkorlik davom etishi yoki etmasligini uning o‘zi hal qiladi. O‘FA esa o‘zbekistonlik futbolchilarni bu kabi ishlarda shoshilmaslikka va o‘ylab qaror chiqarishga chaqiradi. 

Manba: Stadion
Kiritildi: 15:26, 05.02.2019.
O'qildi: 3643 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.