Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Rasman! Rustam Ashurmatov ham faoliyatini horijda davom ettiradi

Rasman! Rustam Ashurmatov ham faoliyatini horijda davom ettiradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 2015 yildan buyon asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan Rustam Ashurmatov endilikda Koreya chempionati ishtirokchisi “Gvangju” klubi futbolchisiga aylandi.

2015 yilda “Bunyodkor” asosiy tarkibida debyut o‘yinini o‘tkazgan iqtidorli futbolchi o‘tgan to‘rt mavsumda chempionatda 91 o‘yin, O‘zbekiston kubogida 19 o‘yin va Osiyo Chempionlar ligasida 13 o‘yinda “qaldirg‘ochlar” sharafini himoya qildi. Ashurmatov besh marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi, shulardan ikki gol o‘tgan mavsumda raqiblar darvozasiga kiritildi.

Rustamjon Ashurmatov o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo va Jahon chempionatlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. 2018 yil yanavrida Xitoyda o‘tkazilgan Yoshlar o‘rtasida (U-23) Osiyo chempionatida esa qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Rustamjon Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ham bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushib, bosh jamoamiz tarkibida ham besh o‘yinda yurtimiz sharafini himoya qildi.

O‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan Rustam Ashurmatov, koreyalik mutaxassislarni ham qiziqtirib qo‘ydi va ular taklif bilan chiqishdi. Ushbu taklifni har tomonlama ko‘rib chiqqan “Bunyodkor” klubi rahbariyati hamda Rustam Ashurmatov ushbu taklifga rozilik berishdi va futbolchi “Gvangju” klubi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ma’lumot uchun, "Gvangju" Janubiy Koreya K-2 ligasida ishtirok etadi. "K-2" ligasida yangi mavsum 2 mart kuni start oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:49, 07.02.2019.
O'qildi: 11965 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик