Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Diskvalifikasiya qilingan «Navbahor» mutasaddilar o‘rniga boshqa rahbarlar tayinlandi

Diskvalifikasiya qilingan «Navbahor» mutasaddilar o‘rniga boshqa rahbarlar tayinlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) qaroriga asosan, “Navbahor” klubi yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboyevning shartnoma borasida “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida yuzaga kelgan muammolar sababli, futbolchi Turg‘unboyev 9 iyulgacha,  u bilan birgalikda har ikki klub mutasaddilari, jumladan, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Shamshod Sarikov hamda klub direktori Rasuljon Akramov 6 oy muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlashtirilishgandi.

O‘FAning mazkur qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha bugun “Navbahor” PFK anjumanlar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Uni Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Abdurazzoqov olib bordi. Shavkat Shokirjanovich o‘z so‘zida O‘FA muammoli vaziyatda “Paxtakor” va “Navbahor” klublarini jazolab, to‘g‘ri ish qilganligi, oldin bunday vaziyatlarga ko‘z yumib ketilganligini ta’kidlab, ushbu qaror bo‘yicha “Navbahor” PFK rahbariyatida o‘zgarish qilish lozimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, tashkiliy masala ko‘rildi. “Navbahor” PFK vise-prezidenti lavozimiga shu paytgacha O‘zbekiston va Rossiyadagi ko‘plab davlat korxonalari hamda tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan Baxtiyor Isoqjonovich Usmanov tayinlandi.

“Navbahor” PFK klubi direktori etib, shu paytgacha “Navbahor” PFK qoshidagi “Navbahor-Umid” futbol maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akmal Mamatovich Rahmonov tayinlandi.

Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Abdurazzoqov har ikki yangi saylangan rahbarga yangi lavozim va ishlarida omad, shuningdek, “lochinlar”ning yangi mavsumda o‘z oldiga qo‘yayotgan yuksak maqsadi, ya’ni mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish yo‘lida muvaffaqiyat yor bo‘lishini tiladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:07, 07.02.2019.
O'qildi: 3618 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик