Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Yevropa top-5 chempionatlarining eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari e’lon qilindi

Yevropa top-5 chempionatlarining eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Fransiyaning "L’Equipe" jurnali Yevropaning top-5 chempionatlaridagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya chempionatida eng ko‘p maoshni «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone oladi. Argentinalik mutaxassisning bir oylik maoshi 3,3 million yevroni tashkil qiladi (soliqlarni chiqarib tashlamagan holda).

Angliya premyer-ligasida esa eng ko‘p maoshni «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola oladi. Uning oylik maoshi 1,9 million yevroga teng.

A seriyada maoshlar bo‘yicha «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri barchani ortda qoldirgan – oyiga 1,14 million yevro.

Bundesliganing eng yuqori maosh oluvchi murabbiyi Niko Kovach («Bavariya», 580 ming yevro) bo‘lsa, Fransiyada  – Tomas Tuxel («PSJ», 420 ming yevro).

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 21:51, 08.02.2019.
O'qildi: 9404 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.