Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simone: «Biz VAR sababli mag‘lub bo‘ldik, deb o‘ylamayman»

Simone: «Biz VAR sababli mag‘lub bo‘ldik, deb o‘ylamayman»

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simone “Real”ga qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz mag‘lubiyatga uchradik, sababi raqibimiz ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Odatda men VAR tizimi haqida gapirmayman. O‘ylaymanki, ushbu tizim barcha jamoalarning foydasiga ishlaydi. Penalti belgilangan vaziyatda takroriy lavhani ko‘rmadim. Umid qilamanki, hakamlar to‘g‘ri qarorni qabul qilishdi.

Biz VAR tizimi sababli “Real”ga mag‘lub bo‘ldik, deb o‘ylamayman. Raqibimiz juda ham ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Biz ularni ushbu g‘alaba bilan tabriklab keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

“Atletiko“ chempionlik uchun kurashadimi? “Barselona“ning o‘yinini kutishimizga to‘g‘ri keladi”,-deydi Simone.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 17:11, 10.02.2019.
O'qildi: 5445 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.