Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Marko Simich O‘zbekistondagi eng kuchli yosh o‘yinchi kim ekanligini aytdi(Intervyu)

Marko Simich O‘zbekistondagi eng kuchli yosh o‘yinchi kim ekanligini aytdi(Intervyu)

Baho:
+ | -1
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Intervyular

Avvaliga, Marko intervyu berishdan bosh tortdi. Sababini so’raganimda kulib : “Mening tilim kuygan, o’tgan yili saralash o’yinlarida intervyu bergach jamoamiz yutqazib qo’ygan edi”, - dedi. hazil-huzul bilan uni ko’ndirdik va savollarimizga javob oldik.

Marko ertangi uchrashuvda jamoani kim sardor sifatida maydonga olib tushadi?

- Menimcha, Sher( Sherzod A’zamov) yoki Krimets. Bu ikki yigitlarning ikkisi ham sardorlikka loyiq.

Tiago Bazzeraning ketishi jamoaning o’yiniga salbiy ta’sir o’tkazadimi?

- Albatta, bunday futbolchining yo’qligi jamoaga ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Men u bilan O’zbekistonga kelishimdan avval ham bitta ligada birga o’ynaganman. U kuchli futbolchi lekin, aytishadiku “almashtirib bo’lmas inson bo’lmaydi”, - deb!

Marat Bikmayev Tiagoning o’rnini bosa oladimi?

- Bunday savollar bermang (kuladi)! Ikki futbolchi ham o’z o’yin uslubiga ega. Maratning jamoamizga kelishi bizni kuchaytiradi degan umiddaman.

Raqibingiz “Eyr Fors” klubi jamoaviy futbol o’ynaydi. Ular qatorasiga 3 bor AFK kubogida g’olib chiqishdi. Sizningcha jamoalarning ertaga bo’lib o’tadigan uchrashuvda imkoniyatlari qanday?

- Bu futbol, unda doim 11 ga 11 o’ynaladi. Hozircha jamoalarning imkoniyati haqida bir nima deyish qiyin… Ya’ni kuchlar teng demoqchimisiz? - Keling raqiblarga hurmat yuzasidan 50/50 deya qolamiz. Mana yurtimizda bir necha yildan beri to’p tepmoqdasiz. Sizningcha O’zbekistondagi eng iqtidorli yosh futbolchi kim?

- Yurtingizda iqtidorli yoshlar talaygina. Men milliy chempionatda bir nechta yaxshi o’yinchilarni ko’rdim.

Aynan kimni eng iqtidorli deb atagan bo’lardingiz?

- Agar bittasini tanlash kerak bo’lsa, menimcha, bu Jasur Yaxshiboyev. Uning texnikasi va tezligi himoyachilarni shoshirib qo’ydi.

Sizningcha Jasur nima uchun o’z imkoniyatlarini to’liq namoyon qila olmayapti?

- O, bunday savollarga javob berish qiyin. (Kuladi) Keling, o’zidan so’ray qoling.

Asosiy tarkibga kira olmayotganiga qanday izoh berasiz?

- Menimcha bu savolga javob berishga haqqim yo’q.

Mayli boshqa mavzuga ko’chamiz. Jarohatingiz haqida. Necha kunda safga qaytasiz?

- Doktorlarimiz 1 oy deyishmoqda. Menimcha 3 hafta ichida to’liq tiklansam kerak.

Ertangi uchrashuv olidadan muxlislarga gapingiz bo’lsa marhamat. 

-Ertangi o’yin oldidan muxlislarimizga bizga ishoning demoqchiman. Ularning ishonchi va qo’llab-quvvatlashi biz uchun juda ham muhim. Biz ular uchun maydonga chiqamiz. Ertangi uchrashuvda stadionda bizga ruhan dalda bo’lib turishsa, hursand bo’lar edik.

Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev suhbatlashdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:32, 11.02.2019.
O'qildi: 18641 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик