Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Futbol haqida olingan eng mashhur filmlar

Futbol haqida olingan eng mashhur filmlar

Baho:
+ | -

Futbol haqida yuzlab filmlar suvratga olingan. Shunga qaramasdan, hammasi ham mashhurlikka erisha olmadi, ammo futbol mavzusidagi shunday filmlar borki, ularni ko‘rmagan muxlis bo‘lmasa kerak. Bugun shunday kinolar haqida to‘xtalamiz.

«La’natlangan Yunayted»

2009-yilda Buyuk Britaniyalik kino ustalari tomonidan  olingan film -«Lids Yunayted» klubi bosh murabbiyi va uning yangi jamoadagi sarguzashtlarini o‘z ichiga oladi. Bu film bir necha tanlovlarda g‘olib chiqqan, sport haqida olingan kam sonli  filmlardan biri. Undagi syujet sizni so‘nggi daqiqalargacha ushlab turadi.

«Bezorilar»

2005-yilda suvratga olingan film nafaqat «Vest Ham» balki butun Angliya futbol muxlislarining hayot tarzlarini ochib beradi. Bu film kattagina byudjet talab qilgan bo‘lsada, o‘zini to‘liq oqladi va shedevr filmlar qatoriga qo‘shildi.

«Gol»

Ko‘pchilik bu filmning 3 ta qismini ham ko‘rgan bo‘lsa, ajab emas. Meksika kinomatografiya ustalari aynan shu film orqali futbolning biz ko‘rmagan tomonlarini ochib berishga urinishgan. Kino futbolchi haqida emas, uni sevuvchi yigit haqida suvratga olingan desak, adashmagan bo‘lamiz.

«Yunayted-Myunhen Fojiasi»

Myunhen shaxrida 1958-yilda yuz bergan aviahalokatdan so‘ng klub futbolchilarining 3dan 2 qismi halok bo‘ladi. «Manchester Yunayted» klubi shok holatiga tushadi va tez orada faoliyatini tugatishi haqida mish-mishlar ko‘payib ketadi, ammo…

«Jangovor futbol»

Xitoylik kinomatograflar ushbu filmni suvratga olishgach, uzoq vaqt nima qilib qo‘yganlarini tushuna olishmagan bo‘lsa kerak. Ushbu film juda kichik byudjetda olingan bo‘lsada, katta mashhurlikka erishdi. Dunyoning deyarli barcha davlatlarida qayta-qayta qo‘yildi va olamshumul mashhurlik keltirdi. Film real voqealarni o‘z ichiga olmasada, samimiyligi va insoniylik hislarga boyligi bilan muxlislar qalbidan mustahkam joy egalladi.  

Yuqoridagi  filmlarni vaqt topib, albatta, ko‘rib chiqing. Sababi, ushbu filmlardan  olingan fikr va mulohazalaringiz  futbolni yanada chuqquroq tushunishingiz uchun hizmat qilishi aniq. Zero, futbol nafaqat o‘yin, balki, hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:39, 20.02.2019.
O'qildi: 18228 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик