Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Lokomotiv» — ikki karra O‘zbekiston superkubogi sohibi!

«Lokomotiv» — ikki karra O‘zbekiston superkubogi sohibi!

Baho:
+ | -

2019 yilgi mavsumda O‘zbekiston superkubogi sohibi ma’lum bo‘ldi. Mamlakatning amaldagi chempioni — «Lokomotiv» O‘zbekiston kubogi sohibi — AGMKni mag‘lub etib, mavsumni sovrin bilan boshlaydigan bo‘ldi.

"Temiryo‘lchilar" o‘yinni faol boshlab, bahsning 12-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Zoteev jamoadoshi bilan chap qanotdan chiroyli kombinasiya uyushtirib, jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga ajoyib uzatma berdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Tanaffusga qadar toshkentliklar yana bir nechta vaziyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsalar-da, birinchi bo‘limda muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi.

Ikkinchi bo‘lim esa tengkurashlar ostida kechdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida "Loko"ning yangi futbolchisi Yovan Jokich hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Zafar Polvonov AGMKning dastlabki golini urib, o‘yinga intrigani qaytardi. Olmaliqlar o‘yin so‘ngiga qadar "Lokomotiv" darvozasi tomon bosim uyushtirishdi. Ammo Fyodorov shogirdlari yaxshi himoyalanishdi va hisobni ushlab qolishdi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" o‘z tarixida ikkinchi marta O‘zbekiston superkubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston superkubogi-2019.
«Lokomotiv» - AGMK - 2:1 (1:0)
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (12), Yovan Jokich (75) — Zafar Polvonov (77)
23 fevral. 16:00. "Paxtakor" stadioni

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Jamshid Iskandarov, 10.Sardor Mirzayev, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 17.Husniddin G‘ofurov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyorjon Turopov
Zaxira: 12.Ma’mur Ikromov, 7.Azizbek Haydarov, 9.Filipp Rayevas, 19.Avazbek O‘lmasaliyev, 70.Alisher Shog‘ulomov, 71.Arslonmurot Amonov, 88.Igor Yelich
Bosh murabbiy: Andrey Fyodorov

AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov, 8.San’at Shixov, 9.Zafar Polvonov, 19.Jasur Hasanov, 22.Mirolyub Kostich, 23.Akmal Shorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldashov.
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 6.Makro Zochevich, 11.Zohir Pirimov, 15.Jasurbek Hakimov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 21.G‘ulomhaydar G‘ulomov, 36.SHahboz Umarov
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov
Bosh hakam: Sherzod Qosimov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:02, 23.02.2019.
O'qildi: 4888 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик