Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Endi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi

Endi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.   Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchisini lavozimiga tayinlash va ozod etish tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.    Ilgari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan.  Oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari esa endilikda muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Ilgari bu tartib jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshirilgan.   Shuningdek, ho‘l meva-sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 100 foiz haqi oldindan xorijiy valyutada olingandan so‘ng eksport qilishga ruxsat berilishiga oid talab bekor qilindi.   Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosini olib kirishga bo‘lgan bojxona imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi
Manba: www.uza.uz
Kiritildi: 09:54, 26.02.2019.
O'qildi: 1930 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.