Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Imo ishora tili…

Imo ishora tili…

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Atletiko» - «Yuventus» o‘yinidan keyin nafaqat «matraschilar»ning 2:0 hisobidagi g‘alabalari, balki Krishtianu Ronaldu hamda Diyego Simeone ishoralari ham keng muhokama qilindi. Quyida portugaliyalik yulduz va argentinalik murabbiy xatti-harakatiga alohida to‘xtalish barobarida futbol tarixidagi eng esda qolarli ishoralarni esga olinmoqda.

Ronaldu va 5ta kubok

«Vanda Metropolitano»dagi o‘yinning birinchi bo‘limi: Ronaldu 5ta barmog‘ini ko‘rsatgancha xarakterli xatti-harakatni amalga oshirdi. Keyin muxlislar o‘rtasida topqirlik musobaqasi boshlanib ketdi. Ya’ni uning ishorasi turlicha talqin qilindi:

- Ronaldu «Yuventus» 5 nafar hujumchi bilan o‘ynashi kerakligini bildirmoqda...

- 5-raqamli Pyanichni almashtirish zarurligiga sha’ma.

- Bu CHLdagi 5ta g‘alaba yoki 5ta «Oltin to‘p»ga ishora...

Keyinchalik Krishtianuning o‘zi bu boradagi bahs-munozaralarga chek qo‘ydi: «Menda 5ta chempionlar kubogi bor, «Atletiko»da yo‘q - 0». Tushunarliki, Ronaldu shu bilan o‘zini «o‘t»ga urdi. Deylik, «Atletiko» prezidenti Enrike Sereso portugaliyalik yulduz so‘zlariga javoban darhol keskin fikr bildirdi: «Kichik tuzatish, Ronaldu CHLda 5 marta emas, 3 bora g‘alaba qozongan. «Atletiko»ga qarshi 2ta finalni aslida u yutgani yo‘q. Nega? Bu haqda kelasi safar gapiraman».

Simeone va bema’nilik

Eng qizig‘i, Sereso o‘z jamoasi bosh murabbiyining be’mani xatti-harakatini oqladi. «El-CHolo»ning o‘zi esa hissiyotga berilganini tan oldi: «Ha, yaxshi ish qilmadim, bu ehtiroslar mahsuli. Axir o‘yin juda og‘ir kechdi, biz oxirigacha qattiq kurashdik. Esimda, futbolchilik davrida, aniqrog‘i, «Lasio»  - «Bolonya» bahsida ham xuddi shunday ishora qilishdan tiyilmagandim. Lekin bu raqibga qaratilgan emas. Agar kimnidir ranjitgan bo‘lsam, uzr...».

FuTBOL TARIxidagi eng mashhur ishoralar mualliflari

Shtefan Effenberg. Germaniyalik futbolchi JCH-94 doirasida Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan o‘yinda almashtirilgach, maydondan chiqib ketishda nemis fanatlarining e’tirozlariga javoban o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan. Oqibatda bosh murabbiy Berti Fogts uni Bundestim tarkibidan chetlashtirib, jamoaga boshqa chaqirmasligi haqida va’da bergan. Shu tariqa Shtefan faoliyatining eng yaxshi damlarida ham milliy jamoada o‘ynamadi. Qisqasi, Effenberg bitta barmog‘i bilan butun xalqaro faoliyatini barbod qilgandi.

Granit Jaka va Jerdan Shakiri. «Shveysariya burgutlari» - JCH-2018da ro‘y bergan mojaro. Serbiya - Shveysariya o‘yinida «soatsozlar» aynan etnik albanlar - Jaka va Shakiri urgan gollar evaziga irodali g‘alabani tantana qilishdi. Futbolchilar esa muvaffaqiyatni Albaniya bayrog‘idagi burgutga nishona tarzda o‘zgacha nishonlashdi. Qisqasi, ularning harakati Serbiya va Albaniya o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklarga ishora edi. To‘g‘ri, Shakiri va Jaka rasman uzr so‘rash bilan FIFA jazosidan qutulib qolishdi.

Robbi Fauler. 20 yil oldingi voqea. O‘shanda «Liverpul» safida o‘ynagan Robbi Fauler «Everton» bilan uchrashuvda penalti ishlab, uni o‘zi golga aylantiradi va tizzalab o‘tirgancha maydon chizig‘ini hidlayotgandek harakatlanadi. Angliya futbol assosiasiya bu ishorani kokain iste’moli namoyishi sifatida qoralab, Faulerni keskin jazolaydi: 4ta o‘yinlik diskvalifikasiya va 60 ming funt miqdorida jarima.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:49, 27.02.2019.
O'qildi: 6696 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.