Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

«Sportchi pasporti», «Mobil laboratoriya». MOQda yangi metodik qo‘llanmalar muhokama qilindi

«Sportchi pasporti», «Mobil laboratoriya». MOQda yangi metodik qo‘llanmalar muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida sport tibbiyoti masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil qilindi.

Unda Bosh kotib Jasur Matchanov, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sodiqov hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida markazning ilmiy loyihalari, sportchilarning matematik modeldan foydalangan holda musobaqalarda qayd etishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari tahlili, psixodiagnostika, farmakalogiya masalalari muhokama qilindi. Sportchilar uchun ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxati tayyorlanganligi, ularning sport turlari bo‘yicha ajratib chiqilgani, metodik qo‘llanma sifatida chiqarilishi haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, sport federasiyalari va assosiasiyalarida faoliyat yuritayotgan terma jamoa shifokor va murabbiylari uchun 8 ta metodik qo‘llanma tarqatiladi. Shuningdek, yig‘ilishda professor Iskandar Mavlonov so‘zga chiqib, professional kadrlar tayyorlash, olib borilayotgan tadqiqot ishlari masalasida gapirib o‘tdi.

Aziz Mo‘minov esa Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar haqida taqdimot o‘tkazdi. Bugungi kunga kelib sportchilarimiz belgilangan reja asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tishmoqda. U o‘z chiqishi davomida o‘tgan yilda olib borilgan tibbiy tekshiruvlar, sportchilarimizning sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammolar, ularning yechimi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida gapirdi.

Sportchilarimizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlashda tibbiy yo‘nalishda ham individual tomonlama yondoshuv yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun ayni paytda «sportchi pasporti» joriy etilmoqda. Unda avvalgi kasalliklar, mashg‘ulotlar jadvali, g‘alabalari aks etadi. Bu orqali sportchi haqidagi to‘liq tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, uning jismoniy holatidan ham xabardor bo‘lib turish imkoniyati paydo bo‘ladi.

«Mobil laboratoriya» mavzusida esa Sunnat Yo‘lchiyev taqdimot o‘tkazdi. Unda sportchilarimizning holati, ularga berilayotgan yuklamalardagi natijalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov mazkur metodik qo‘llanmalarni sport federasiya va assosiasiya vakillariga shunchaki beribgina qolmay, bu bo‘yicha ularga batafsil tushuntirish ishlari olib borish lozimligi haqida gapirdi, ushbu yo‘nalish yuzasidan o‘zining tegishli tavsiyalarini berdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:36, 27.02.2019.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.