Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Ravshan Ermatov Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 28 fevral kuni taniqli futbol hakami Ravshan Ermatov Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga tashrif buyurdi. FIFA referisi tashrif chog‘ida Institutda tahsil olayotgan talabalarga tanlagan kasbiga muhabbat qo‘yish, unga professionallarcha yondoshish hamda muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan bo‘lishdi.

Suhbat davomida R.Ermatov shuningdek, muvaffaqiyatga erishishda insoniy fazilatlarning o‘rni katta ekani, kamtarlik, sidqidildan mehnat qilish, tanlagan kasbida halollik bilan faoliyat yuritish va qiyin vaziyatlarda ham mehnat qilishdan hech qachon qochmaslik muhimligi haqida jonli misollar bilan gapirib o‘tdi.

Suhbatning ikkinchi qismi talabalar bilan savol-javob shaklida davom etdi. Unda talabalar tabiiyki, terma jamoamizning sust o‘yin ko‘rsatayotgani haqida savol bilan murojaat qilishdi. E’tiborli tomoni, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami bu kabi savollar to‘g‘ri manzilga berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini aytib, uning o‘zi ham O‘zbekiston terma jamoasini tezroq mundialda ishtirok etishidan umidvor ekanini yashirmadi.

Tadbir so‘ngida Ravshan Ermatov talabalarga o‘zining esdalik sovg‘alari sifatida — sariq va qizil kartochkalari bera turib, “O‘qishda va hayotda qoida buzmasligingiz lozimligini eslatib turishi uchun”, — deyishi, uning hazilkash va samimiy insonligidan dalolat berdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:42, 01.03.2019.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик