Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Shohjahon Ergashev bilan matbuot-anjumani tashkil etildi

Shohjahon Ergashev bilan matbuot-anjumani tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida taniqli sportchimiz, professional boksda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Shohjahon Ergashev ishtirokida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, talabalar, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari va qator OAV vakillari ishtirok etishdi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan anjuman yig‘ilganlarning yodida uzoq vaqt qoladigan bo‘ldi. Mahoratli charm qo‘lqop ustasi tadbirda faoliyati davomida o‘tkazgan janglari, bolalikdan boksga qanday mehr qo‘ygani va yaqin kelajakdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.

Ayniqsa, talabalardan birining bokschimiz bilan xuddi jangdan oldin tashkil qilinadigan nigoh urushtirish holatida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgani barchaning e’tiborini tortdi.

 

Tadbir so‘ngida universitet rahbariyati tomonidan Shohjahon Ergashevga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, sportchimizning o‘zi ham muxlislariga dastxati tushirilgan boks qo‘lqoplarini taqdim qildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:51, 01.03.2019.
O'qildi: 3035 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.