Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

A va V Pro-liga ishtirokchilari kimlar bo‘lishi mumkin?

A va V Pro-liga ishtirokchilari kimlar bo‘lishi mumkin?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2019 yilgi mavsumda Superligada 14 klub ishtirok etishi ma’lum. Ayni vaqtda Professional futbol ligasi A va V Pro-ligalarida to‘p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.

Hozirda “Mash’al”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “Sho‘rtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida ish olib bormoqda. “Sherdor” hamda “Nurafshon” futbol klublarida ham shunday imkoniyat yuzaga kelishi mumkin.

V Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ko‘proq. Ayni vaqtda quyidagi klublar PFL bayrog‘i ostidagi musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan: 

“Orol”

“Lokomotiv-BFK”

“Bunyodkor-2”

“Yashnobod”

“Norin”

“Iftixor”

“Imkon-Oltiariq”

“Yangiyer”

“G‘ijduvon”

“Zomin”

“Yozyovon”

“Andijon-2”

“Xisor”

“Rubin”. 

Ikki yildan buyon 2-ligalar g‘oliblari o‘rtasidagi o‘tish o‘yinlari o‘tkazilmay kelayotganidan Professional futbol ligasi yaxshi xabardor. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda PFL kubogiga asos solingan. Mazkur musobaqa 2-liga g‘oliblari uchun o‘tish o‘yinlari vazifasini ham o‘tab beradi. Sharti — 2-liga g‘oliblari V Pro-ligasi uchun talablarga javob berishlari kerak. Lisenziyalash talablarini shu havola orqali ko‘chirib olish mumkin. Quyida esa 2-liga musobaqalarining barcha g‘oliblari ko‘rsatib o‘tilgan:

“Oqtepa” (Toshkent)

“Ammafos-Maksam” (Olmaliq, Tosh. viloyati)

“Rash Milk” (Shahrixon, Andijon)

“Neftchi” (Chortoq, Namangan)

“Turon” (O‘zbekiston, Farg‘ona)

“Akademiya” (Yangiyer, Sirdaryo)

“Bo‘ston” (Zarbdor, Jizzax)

“Zarbuloq” (Narpay, Samarqand)

“Zarangar” (G‘ijduvon, Buxoro)

“Nasaf-2” (Qarshi, Qashqadaryo)

“Dinamo” (Termiz, Surxondaryo)

“Navoiyazot” (Navoiy)

“R.Madaminov” (Xiva, Xorazm)

“Nukus” (Qoraqalpog‘iston)

 

Ma’lumot uchun, PFL kubogida g‘olib chiqqan bir yoki bir nechta klubga A Pro-ligada ishtirok etish uchun imtiyozli yo‘llanma taqdim etiladi. Qolgan klublar esa V Pro-ligada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan jamoalar V Pro-ligasi talablariga javob bersa, tezlik bilan Professional futbol ligasiga aloqaga chiqishlari so‘raladi. Kelayotgan hafta PFL komissiyasi viloyatlarga yo‘l oladi va har bir klubni nazoratdan o‘tkazadi. Qayd etish kerak, O‘zbekistonda transfer oynasi 7 mart kuni yopiladi. PFL kubogi ishtirokchilari nomi esa tez orada ma’lum qilinadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:34, 01.03.2019.
O'qildi: 3604 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.