Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Abdurahmonov va Boltaniyozova Bolgariyadagi turnirda oltin medal uchun gilamga chiqishadi

Abdurahmonov va Boltaniyozova Bolgariyadagi turnirda oltin medal uchun gilamga chiqishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Bolgariyaning Ruse shahrida sport kurashlari bo‘yicha “Dan Kolov” nomli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham yuqori probali medallar uchun kurashmoqda.

Ayni paytga kelib, musobaqaning erkin kurash yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta vaznda finalchilar aniqlandi. Quvonarlisi, ularning birida hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov ham chempionlik uchun gilamga chiqadi. 2 karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanmish Abdurahmonovning hal qiluvchi bahsdagi amerikalik Jordan Barrouz bo‘ladi.

Kurashchilar shu paytgacha 2 bor to‘qnash kelishgan. Dastlabki qarama-qarshilik Rio Olimpidasiga to‘g‘ri kelib, unda yurtdoshimiz 11:1 hisobida ustun kelgandi. Oradan bir yil o‘tib Las-Vegasdagi jahon chempionatida Barrouz 6:5 hisobida g‘alaba qozongan. Ta’kidlash joiz, Barrouz hisobida London Olimpiadasi va jahon chempionatlarining 4 ta oltin medali mavjud.

Shuningdek, -57 kilogramm vazn toifasida kurashayotgan G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun bahsda o‘z omadini sinab ko‘radi. Qizlarimizdan Baxtigul Boltaniyozova (-68 kg) ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, uning raqibasi AQSH vakilasi Tamira Mensa bo‘ladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:53, 02.03.2019.
O'qildi: 1632 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.