Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Davron Fayziyev: «Durang adolatli natija»

Davron Fayziyev: «Durang adolatli natija»

Baho:
+ | -

Superliga 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «Nasaf» (1:1) uchrashuvidan keyin dastlab “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziyev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Davron aka, avvalambor o‘yin borasidagi fikr va mulohazalaringizni bildirsangiz...

- Avvalambor, bahor fasli bilan birga futbol mavsumi ham kirib keldi. Fursatdan foydalanib bahor ayyomi, 8-mart xotin-qizlar kuni va kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. O‘yin to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsam, uchrashuvdan oldin barcha qizg‘in derbi bo‘lishini kutayotgani internet nashrlarida ko‘p e’lon qilindi. Chindanam ham kutilganidek o‘yin ikki tomon uchun ham oson o‘tmadi. O‘yin yakkakurashlarga boy o‘tdi. Bahs adolatli durang bilan tugadi.

- Davron aka, o‘yinning kulminasion nuqtasi darvozabonlarning almashishi bo‘ldi. Jarohat olgan Eshbo‘tayev o‘rniga Botirali Ergeshevning maydonga tushishi nega buncha cho‘zilib ketdi? (Shuhrat Shokirjonov, kun.uz)

- Avvalambor, ushbu vaziyat va o‘yin vaqti cho‘zilishi sabab uzr so‘rayman. O‘sha vaziyatda darvozabonimiz Eshbo‘tayevning jarohati kutilmaganda sodir bo‘ldi va o‘sha paytda zaxiradagi darvozabonimiz Botirali Ergashev Asr namozini o‘qish uchun ichkariga kirgan ekan. Vaqtning cho‘zilgani bois barchadan uzr so‘rayman.

- Davron aka, «Dinamo» zaxirasida bugun biz ko‘rmagan o‘yinni kuchaytiradigan futbolchi bormi? Yana bir savol, mavsum oldi barcha chiziqlarni kuchaytira oldim deb hisoblaysizmi? (Dilmurod Do‘stmurodov, “Samarqand TV”)

- Menimcha, hech bir murabbiy bunday deya olmasa kerak. Chunki har bir murabbiy har chizig‘ida yanada kuchliroq futbolchilar bo‘lishini istaydi. Ikki kun oldin Fomin va Hamroyev qo‘shildi. Darvozabonimiz Botirali Ergashev ham kecha qo‘shildi mashg‘ulotlarga. Bu yil “Dinamo” tarkibida faqat Ergashev “Paxtakor”dan ijaraga olingan, qolgan barcha futbolchilar bilan 2 yillik shartnoma qilingan. Zaxiramizdagi futbolchilar o‘yinimizni kuchaytira olishlariga ishonaman. Aslida ijaraga futbolchilar olishga qarshiman. Asosiy maqsadim Samarqandda mahalliy futbolchilarga e’tibor qaratib, ular asosida jamoa tashkil etishdir.

- “Nasaf” jamoasi sizga qanday taassurot qoldirdi? (Ziyodulla Safarov, Qashqadaryo)

- Tan olish kerak, "Nasaf" jamoasi o‘yin jihatidan, to‘p nazorati va vaziyatlar yaratish borasida "Paxtakor" bilan tengma-teng bo‘lib turibdi. O‘yindan oldin menda hayajon kuchli bo‘lgandi. Nimaga? Chunki jamoamiz Superligaga chiqqani oxirida ma’lum bo‘ldi. Biz esa rejalarni tezkorlik bilan o‘zgartirdik. Mazkur bahsga imkon qadar tezroq va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga intildik. Maqsad muxlislarni xursand etish edi. Bugungi bahs jangovor, yakka kurashlarga boy bo‘ldi. "Nasaf" birinchi bo‘limda, biz esa ikkinchi taymda yaratilgan vaziyatdan foydalandik. "Dinamo" uchun har bir ochko suv va havodek zarur. Shu boisdan ham bugungi bir ochkoning qadri baland. Kamchiliklarimiz mavjud va bu bugun yaqqol ko‘zga tashlandi. Ikkinchi turga qadar oldimizda tanaffus bor. Aynan shu tanaffusdan unumli foydalanib, mazkur xato va kamchiliklarni bartaraf etishga urinamiz. Jamoaviy o‘yin, o‘zaro o‘yin ko‘nikmasi va futbolchilarda o‘zaro tushuncha paydo bo‘lishi uchun ozgina vaqt kerak. Muxlislar bugun bizning haqiqiy 12-futbolchimizga aylanishdi. Ularning qo‘llab-quvvatlovi bizga qo‘shimcha kuch berdi. Biz xoh uyda, xoh safarda Samarqand sha’ni uchun kurashamiz.

- Klub oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan? (Jahongir Fayzullayev, Championat.Asia)

- Jamoa oldiga bu yilgi mavsumda kamida 10likdan joy olish qo‘yilgan. Buni ochig‘ini aytish kerak. Lekin generallikni orzu qilmagan soldat, soldat emas. Men esa murabbiy sifatida oltilikka qarab maqsad qilaman. Transfer oynasi yopilib qoldi. Dedlayn kuni kecha tugadi. Biz legionerlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurmadik. Shu boisdan ham ko‘proq mahalliy futbolchilarga ishonch bildiraman.

- Jamoaning o‘tgan yilgi eng yaxshi futbolchilaridan biri Jasur Azimov nega asosiy tarkibga kiritilmadi?

- Jasur Azimov bir oy avval "Navbahor"ga ketgandi. Biz esa qo‘l ostimizdagi Bobur Qosimov bilan yangi mavsumga taraddud ko‘rgandik. Jasur yaqinda jamoaga qaytdi va birdan biz yo‘lga qo‘ygan o‘yinga moslashib ketishi uchun baribir vaqt kerak bo‘ladi. Shuningdek, bu yildan reglamentda kamida bitta OTJ yoshidagi futbolchi o‘ynatish shart etib belgilangan. Shu boisdan ham uni zaxiradan maydonga tushirdik. Baratovga keladigan bo‘lsak, jamoada hozir 5 ta hujumchi bor. Biz barcha qatori unga ham imkoniyat beramiz.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:47, 10.03.2019.
O'qildi: 1547 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.