Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Ar Rayyan» bosh murabbiyi: «Ertaga nima qilish kerakligini juda yaxshi bilamiz»

«Ar Rayyan» bosh murabbiyi: «Ertaga nima qilish kerakligini juda yaxshi bilamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Ertaga, 11 mart kuni OCHL 2-tur doirasida "Al Rayan" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bugun o‘yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi. Bunda dastlab "Al Rayan"ning yangi bosh murabbiyi Jilson Souza va yarim himoyachi Muhammad Alaaeldin savollarga javob qaytardi.

- Hozirdan taxmin qilish qiyin emas, o‘yin juda qiyin kechadi. Chunki birinchi turda mag‘lubiyatga uchradik, shu bois jamoa oldida bosim katta. Bosimni yo‘qqa chiqarish uchun esa ertaga yutishimiz shart. Shunda bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat tug‘ilishi mumkin, - deya fikr bildirdi mezbonlar bosh murabbiyi.

- Lokomotiv haqida nima deya olasiz?

- "Lokomotiv" - kuchli klub. Men bu jamoaning avvalgi ikkita o‘yinini ko‘rib shunga yarasha xulosa chiqardim. Jamoa o‘yinchilari tezkor va pressingni yaxshi qo‘llashadi. Lekin meni ko‘proq o‘z jamoamning holati qiziqtiryapti. Biz ertangi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Ijobiy natija ko‘rsatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz.

- Ertangi o‘yin oldidan sizda bosim bormi, har holda bu ilk rasmiy o‘yiningiz bo‘ladi.

- Shuni aytishim kerak, men 9 yildan beri "Al Rayan"da faoliyat yuritib kelyapman. Bungacha U-19, U-23 jamoalarini boshqardim. Endi bo‘lsa rahbariyat menga asosiy jamoani ishonib topshirdi. Men rahbariyat ishonchini oqlashga harakat qilaman. Yana shuni aytishim mumkin, ertaga nima iilish kerakligini juda yaxshi bilamiz.

Futbolchi fikri: - "Lokomotiv"ga qarshi birinchi marta maydonga tushamiz. O‘ylaymanki, bu biz uchun yaxshi yakun topadi. Jamoamiz hozir qiyin vaziyatda, chunki o‘tgan uchrashuvda "Al Ittihod"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydik. Endi vaziyatdan chiqib ketish haqida o‘ylayapmiz.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:37, 10.03.2019.
O'qildi: 4137 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик