Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Toshkentdan Namanganga qaytayotgan «Navbahor» muxlislari mudhish YTH qurboniga aylandi

Toshkentdan Namanganga qaytayotgan «Navbahor» muxlislari mudhish YTH qurboniga aylandi

Baho:
+ | -

Bugun, 10 martdan 11 mart kuniga o‘tar kechasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida “Neksiya” va “Damas” avtomashinalari ishtirokida mudhish yo‘l-transporti hodisasi sodir bo‘ldi.

Fojiali YTH natijasida 4 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Worldnews.uz axborot agentligi xabar bermoqda.

Worldnews.uz axborot agentligiga ma’lum qilinishicha, ularning 2 nafari “Navbahor” futbol klubi muxlislari, yana ikki nafari qarama-qarshi tomonga harakatlanib ketayotgan “Damas” avtomashinasidagi yo‘lovchilar bo‘lgan.

“Neksiya”da bo‘lgan “Navbahor” jamoasining 5 nafar muxlisi Superliganing 1-tur doirasida “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yinni Toshkentdagi TTYMI stadionida tomosha qilib, Namanganga qaytayotgan edi.

Biroq taqdir taqazosi bilan ular “Qo‘qon-1912” bilan bo‘lib o‘tgan asabiy o‘yindan keyin kutilmaganda shunday holatga tushib qolishdi. Hodisa “Angor” post yaqinida sodir bo‘ldi, mashinalar yonib ketgan. “Neksiya”dagi yana 3 nafar muxlis ayni vaqtda komada.

O‘yin Toshkentda emas, balki vodiydagi stadionlarning birida o‘tkazilganida, muxlislarning taqdiri mana shunday fojiali yakunlanmagan bo‘lar edi. Biz bugun 2 nafar ashaddiy futbolimiz muxlisini yo‘qotdik.

Agar bu o‘yin Namanganda o‘tkazilganida o‘sha 2 kishi oila davrasiga tirik qaytarmidi... PFLni aybi bor sal bo‘lsa ham bu vaziyatda”, deydi YTHda halok bo‘lgan muxlislarga yaqin manba.

Avvalroq ushbu o‘yin “Navbahor” jamoasining maydoni tayyor emasligi sabab Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazilishi kerak edi.

Ammo “Navbahor” “Istiqlol” stadionini emas TTYMI stadionini tanladi. Aksiga olib, bugungi kunda “Qo‘qon-1912” jamoasining uy stadioni ham yangi mavsumga tayyor emas.

10 mart kuni bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakuniga yetdi. O‘yinda muxlislar va mehmon klub futbolchilari o‘rtasida ziddiyatli vaziyat ham kuzatildi.

Ya’ni, “Navbahor” muxlislari “Qo‘qon-1912” futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan “provokasion” harakatlarga qarshi ular tomonga har xil buyumlar uloqtirishgan. Uloqtirilgan buyumlar orasida plastmas truba ham bor edi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘yinlarni qabul qilishga tayyor bo‘lmagan jamoalarga stadion tanlash huquqini taqdim etgan.

Izoh: Yuqoridagi suratda ushbu YTHda halok bo‘lgan "Navbahor"ning ikki muxlisi.

Manba: Worldnews.uz

Stadion.uz таҳририяти ҳалок бўлган ватандошларимизнинг яқинларига чуқур ҳамдардлигини билдиради.

Kiritildi: 08:57, 11.03.2019.
O'qildi: 15446 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.