Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Marta: «Meni onam ilhomlantirgan»

Marta: «Meni onam ilhomlantirgan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Jahon bo‘ylab 30 millionga yaqin qiz va ayollar futbol o‘ynashadi. Lekin eng yuqori cho‘qqiga chiqish aynan unga nasib qilgan. Uning ismi Marta Viyeyra da Silva. Bir necha bor jahonning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘lgan. U 1986 yili tug‘ilgan, ya’ni Braziliyada ayollarning futbol o‘ynashini taqiqlovchi qonun bekor qilinganidan yetti yil o‘tib. 1979 yili qonun bekor qilinganidan so‘ng afsonaviy Pele mahalliy gazetalardan biriga bergan intervyusida «Futbol ayollar uchun xobbi bo‘lishi mumkin, ammo ular hech qachon sportning bu turi bilan professional tarzda shug‘ullanishmaydi», degandi. O‘shanda futbol qiroli yillar o‘tib vatandoshini «yubkali Pele» deb atashlarini xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Yaqinda Marta FIFAning rasmiy saytiga intervyu berib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Marta, bir necha bor jahonning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘lgansiz. Taassurotlar qanday?

- Juda xursandman. Lekin bu sov­rin men uchun qanalik mas’uliyatli ekanligini ham tushunaman. Futbolda izlanishda davom etishim kerak.

- Kolleksiyangizda sovrinlar uchun yana joy bormi?

- Albatta! Kuboklar va boshqa sov­rinlar uchun hamisha joy topiladi. Kollej jamoasi safida qo‘lga kiritgan birinchi medalimni hozirgacha ko‘rinadigan joyda saqlayman. Kuboklar uchun esa alohida «polka» qilishimga to‘g‘ri keladi.

- Siz jiddiy raqibalar - Adu Xegerberg va Jennifer Marojanlarni ortda qoldirdingiz...

- Ha, Ada va Jennifer ajoyib futbolchilar, o‘z klublari uchun ko‘p ishlarni qilishgan. Ular birga o‘ynashadi. Aynan shu jihat ham rivojlanishlarida qo‘l keladi. Shunday futbolchilarni ortda qoldirganim bilan faxrlanaman.

- Futbol jonga tegadigan vaqtlar ham bo‘ladimi?

- Agar shunday holat kuzatilsa, faoliyatimni yakunlayman. Hozircha unday emas. Aks holda, ushbu intervyuni berayotib qaltiramasdim. Eng yaxshi bo‘lishni istamasdim, jamoamning 10-raqamli libosini kiymasdim, ko‘p gollar urmasdim. Futbol hayotimga aylangan. Bu olti yoshimda boshlangan umr yo‘limdir.

- Aynan o‘shanda professional futbolchi bo‘lishni maqsad qilganmisiz?

- Unchalik emas. Shunchaki, qarindoshlarim bilan vaqtimni birga o‘tkazardim va ko‘chada to‘p tepardik.

- Rioga birinchi kelganingizda qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgansiz?

- Endigina 14 yoshda edim. «Vasko da Gama» ko‘rigida bo‘lganman. O‘shanda bu klubda faqatgina U-19 jamoasi bor edi. Agar sinovdan o‘ta olmaganimda, birinchi avtobus bilan o‘z yurtim - Alagoasga yo‘l olardim. Lekin omadim kelib, imtihonlardan o‘tganman va meni qabul qilishgan. O‘shanda Markos ismli do‘stim yordam bergan. Umuman olganda, yaxshi shakllangan ayollar jamoasida o‘ynash va ajo­yib shaharda yashashdan xursand edim.

- Sizni kim ilhomlantirgan?

- Bolaligimda qiyinchiliklar bo‘lgan. Shahrimizda yashash og‘ir edi. Buning ustiga, ota-onam ajrashib ketishgan. O‘shanda hali bir yoshga ham to‘lmagandim. Onam to‘rt farzand bilan qolgan. U bizni qo‘lidan kelganicha boqqan. Shunday ekan, meni ilhomlantirgan shaxs sifatida bemalol onamni ko‘rsata olaman. U men havas qiladigan yagona inson!

- Hozirda futboldan tashqari jamoat ishlari bilan ham shug‘ullanasiz...

- Ha, leksiyalar o‘tkazaman va qashshoqlikka, genler tenglikka qarshi kurashaman. Aynan o‘zim jinsiy kamsitishlarni boshimdan o‘tkazganman. Shu bois ham iloji boricha ko‘proq insonlarga yordam berishga harakat qilaman.

- Qiyinchiliklar? Nimani nazarda tutyapsiz?

- Yuqorida aytib o‘tganimdek, 14 yoshimdan buyon professional futboldaman. Lekin o‘shandan bir yil oldin o‘z shahrimda tashkil etilgan turnirda qatnashmoqchi bo‘lganman. Biroq bunga imkon berishmagan. Nima uchunligini bilasizmi? Chunki men qiz bola edim. Shunchaki, bunga tushuna olmaganman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:14, 11.03.2019.
O'qildi: 2075 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.