Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

OCHL. «Lokomotiv» Qatarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

OCHL. «Lokomotiv» Qatarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Ar-Rayyan” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi.

Birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi "temiryo‘lchilar" bu safar ham tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Timurxo‘ja Abduxoliqovning pasidan keyin Turopov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. To‘g‘ri, Diyor golni ofsayddan kiritdi. Ammo laynsmen buni aniqlay olmadi va gol inobatga olindi.

Shundan so‘ng to‘p nazorati va hujumlar soni bo‘yicha ustunlik toshkentliklar tomonida bo‘ldi. Oleg Zoteevning o‘zi ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Har safar himoyachimiz o‘ng oyog‘i bilan zarba berishga majbur bo‘ldi. Ammo chapaqay Oleg bu ishni qoyillata olmadi.

"Sen urmasang — senga urishadi". Birinchi bo‘limga tugashiga 7 daqiqa qolganida Luka de Brito ikki futbolchimiz orasidan yo‘llagan zarbani Ilyosov qaytara olmadi. Hisob tenglashdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida ustunlik qatarliklar tomonida bo‘ldi va ular yaratilgan vaziyatlarning birini gol bilan yakunlashdi. Gol muallifi — Rivas.

"Lokomotiv" o‘yin oxiriga qadar hujumkorlikni oshirdi. Bir vaziyatda yana o‘sha Zoteev yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordiyu, imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. "Ar-Rayyan" butun jamoa bo‘lib yaxshi himoyalandi va g‘alabani o‘z qo‘lida ushlab qoldi.

"V" gurhida ikkinchi o‘yinda BAAning "Al-Vahda" klubi o‘z uyida Saudiyaning "Al-Ittihod" klubini yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada guruhda barcha jamoalar hisobida 3tadan ochko mavjud.

OCHL. "V" guruhi. 2-tur
«Ar-Rayyan» - «Lokomotiv» 2:1 (1:1)
Gollar: Luka de Brito (38), Rivas (58) — Diyor Turopov (4)
"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 5. Anzur Ismoilov, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Sardor Mirzayev, 11. Timurxo‘ja Abduxoliqov, 17. Husniddin G‘ofurov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 33. Oleg Zoteev, 77. Diyorjon Turopov.
"Ar-Rayyan": 01.Fahad Yunus, 02.Muhammad Al Aeldin, 03.Rivas, 05.Traore, 07.Abdulrahmon al-Haraziy, 09.Lukka, 10.Rodrigo Tabata, 13.Viyera, 21.Muhammad Juma, 22.Kox Myong-Jin, 23.Sebastyan Soriya

"AL-VAHDA" - "AL-ITTIHOD" - 4:1

 

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-t T - NOchko
1 Al-Ittihod 2 1 0 1 6-5 3
2 Al-Vahda 2 1 0 1 4-3 3
3 Lokomotiv 2 1 0 1 3-2 3
4 Ar-Rayyan 2 1 0 1 3-6 3

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:27, 11.03.2019.
O'qildi: 7424 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик