Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Nabixon Abdug‘aniyev: «O‘yingohimizda ishlar jadal bormoqda»

Nabixon Abdug‘aniyev: «O‘yingohimizda ishlar jadal bormoqda»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda chim yotqizish ishlari olib borilmoqda. Biz mazkur jarayon qanday borayotganligi borasida “Markaziy” o‘yingoh direktori Nabixon Abdug‘aniyevdan intervyu oldik. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ijroiya qo‘mitasining qaroriga asosan, joylardagi stadionlarga qo‘yiladigan talablarga asosan, 2018 yil 3 dekabrdan “Markaziy” stadionni kapital ta’mirdan chiqarish ishlariga kirishildi. Ishni maydondagi mavjud chimni ko‘chirishdan boshladik. Yaroqli maysalarni zaxira stadionining maydoniga ko‘chirib o‘tqazdik. 25-30 sm. hajmdagi eski tuproqlarni qazib olb tashladik. Drenaj va sug‘orish tizimi barpo etildi. Laboratoriyadan o‘tkazilgan qumlar 25 sm. qalinlikda yotqizildi. Rossiyadan 20 tonna torf olib kelib, sepildi. Bundan buyon maydon chimini sug‘orish to‘lig‘icha kompyuter orqali amalga oshiriladi. Havo haroratidan kelib chiqib, maysada suvga ehtiyoj sezilsa, avtomatik tarzda sepa boshlaydi. 108 kub hajmda suv sig‘adigan rezervuar o‘rnatildi. Demak, maydon maysasini to‘rt marta sug‘orishga yetadigan suv zaxirasiga ega bo‘ldik. Yozning jarizama issiq kunlarida suv tanqisligi yuzaga kelishi ehtimoli bor. Aynan shunday paytlarda yig‘ib qo‘yilgan suv variantidan foydalaniladi.

Shuningdek, uzluksiz elektr ta’minoti borasida bosh qotirilib, aver-avtomat o‘rnatildi. Yoritkichlarimiz 1500 lyuksga teng va talab darajasida.

11 martdan chim yotqizish ishlari boshlandi. Ayni paytda stadionda 60 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda. Chim yotqizish ishlarini Xudo xohlasa, Navro‘z bayramiga qadar yakunlashni rejalashtirganmiz.

06

O‘z navbatida ta’kidlash joizki, mazkur chim Qarshi shahridan keltirilmoqda.Ushbu maysa bir yil davomida xorij urug‘i asosida  maxsus  plantasiyada o‘stirilgan va iqlimimizga mos hamda sifati bo‘yicha uncha – buncha Yevropa maysalaridan qolishmaydi

Shundan so‘ng, mutaxassislar fikriga ko‘ra, 40-45 kundan so‘ng, maydonda futbol o‘ynash mumkin bo‘ladi.

Zaxira maydonimiz anchadan buyon foydalanilmay yotgandi. Edi PFL talablari asosida mazkur o‘yingoh ham ta’mirlanmoqda. Jumladan, jamoalar uchun kiyinish xonalari barpo etiladi, plastik o‘rindiqlar o‘rnatiladi, shuningdek, bu yerga sun’iy maydon ham qurilmoqda.

Keyinchalik mazkur zaxira maydonida “Navbahor”ning U-21 yoshlar va ayollar jamoalari bemalol chempionat o‘yinlarini o‘tkazishlari mumkin.

Qisqasi, “Markaziy” o‘yingohda, tez kunlar ichida “Markaziy” o‘yingohimizda muxlislar sevimli jamoamiz “Navbahor”ning uy   uchrashuvlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 12:18, 12.03.2019.
O'qildi: 2326 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.