"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning qallig‘i Jorjina Rodriges turinliklarning YECHL chorak finaliga yo‘l olganlaridan so‘ng Krishtianu Ronalduga murojaaat qildi.
"Bu 3:0 ni hech ikm o‘g‘irlab ololmaydi. Sen bunga munosibsan va gap faqat bugungi xet-trikda emas. Sen bunga o‘zingning sodiqliging, klubga bag‘ishlagan ishing tufayli erishding.
Sen o‘z ortingdan sheriklaring va murabbiyni ergashtiryapsan. Sendan faxrlanamiz va har kuni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Xudo seni qo‘llayapti. Chunki futbol dunyosi seniki. Seni sevamiz. Krishtianitu, Mateo, Yeva, Alana, Jorjina», — deb yozdi Rodriges.