Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Unutilmas kun! Sport va estrada yulduzlarining tashrifi, betakror sahna ko‘rinishlari va «Humo arena» ochilishining boshqa voqeliklari

Unutilmas kun! Sport va estrada yulduzlarining tashrifi, betakror sahna ko‘rinishlari va «Humo arena» ochilishining boshqa voqeliklari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2019 yil 15 mart. Bu kun o‘zbek sporti tarixida unutilmas sanalardan biri sifatida yodimizda qoladi. Biroz avval o‘z bag‘riga 12 500 muxlislarni sig‘dira oladigan “Humo arena”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan qurilgan mazkur sport ob’ekti Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, so‘nggi jahon standartlariga to‘laqonli javob beradi. Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zlari ham ishtirok etgani voqelik ne chog‘li ahamiyatli ekanini anglatmoqda.

“Yurtimizning barcha hududlarida, hatto olis tumanlarda zamonaviy va ommabop sport infratuzilmasi yaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar soni oshib bormoqda. Keyingi ikki yilda O‘zbekiston sportchilari xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod, shu jumladan, 400 dan ortiq oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Vatanimiz sportchilari figurali uchish, xokkey, tog‘ chang‘isi, fristayl, snoubord kabi eng tomoshabop qishki sport turlarida ham munosib ishtirok etishlariga intilmoqdamiz. Fristayl bo‘yicha qishki Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlaridagi oltin medallar, figurali uchish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritilgan yetmishdan ortiq medal bu boradagi yutuqlarimizdir. Biz ushbu shonli sport an’analarini davom ettirishni burchimiz deb bilamiz”, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng arenani foydalanishga topshirish uchun ramziy kalit topshirildi. Tadbirning davomi shuning bilan tantanali ochilish marosimiga ulanib ketdi. Mazkur tantanali marosimda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ham ishtirok etdi.

Tashkilotchilar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar yig‘ilgan muxlislarga bir olam quvonch bag‘ishladi. Marosim davomida o‘zbek, rus xokkeyining faxriy yulduzlari va yosh o‘zbek xokkeychilari ishtirokida kichik o‘yin o‘tkazildi. Bunday o‘yinning tashkil etilishi ertaga xokkeyimiz kelajagi bo‘ladigan yosh klyushka ustalarining o‘zlari tanlagan sport turiga yanada katta mehr qo‘yishiga zamin yaratadi, albatta.

Marosim davomida muz ustida nafis uchish bo‘yicha Olimpiada chempioni Tatyana Navka va uning jamoasi tayyorlagan sahna ko‘rinishi tadbirni bezab bergan chiqishlardan bo‘ldi.

Shundan so‘ng o‘zbek va rus estrada yulduzlari ijrosida tashkil qilingan konsert dasturi bayram ustiga chinakam bayram bo‘ldi.

Shu tariqa “Humo arena” muz saroyining tantanali ochilish marosimi o‘z yakuniga yetdi. Umid qilamizki, ushbu muhtasham sport inshootining bunyod etilishi mamlakatimizda qishki sport turlarining rivojlanishida, sportning ommaviyligini oshirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:52, 15.03.2019.
O'qildi: 7283 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.