Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Nurillo To‘xtasinov: «Tajribali futbolchilarning yo‘qligi bilindi»

Nurillo To‘xtasinov: «Tajribali futbolchilarning yo‘qligi bilindi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Vadim Abramov «qaldirg‘ochlar» bosh murabbiyiga aylangach, ishqibozlar undan ko‘p narsa kutayotgani rost. Har holda, ushbu mutaxassis yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega. O‘z vaqtida OTJ va «Traktor»da ishlagan kezlari o‘zbek futboliga iqtidorli yoshlarni yetkazib berishda faol bo‘lgan. «Bunyodkor» rahbariyati ham shu omillarga tayangan holda, uni murabbiylikka taklif etdi. To‘g‘ri, ilk turda jamoa og‘ir va tushunarsiz o‘yin namoyish etdi, lekin bu vaqtinchalik holat. Boz ustiga, tajribali futbolchilar xizmatidan foydalana olmagani ham pand berdi. Shunday pallada maydonda yetakchilikni o‘z zimmasiga olish, markazda o‘yinni nazorat qilish mas’uliyati o‘tgan mavsum ijaradan qaytgan Nurillo To‘xtasinov chekiga tushdi. Iqtidorli futbolchidan intervyu olganimizda, u joriy mavsumning birinchi tur o‘yinidan qanday taassurot olgani haqida gapirdi.

- Dastlabki o‘yinda qiyinchilikka duch keldinglar...

- Darhaqiqat, chempionat starti biz uchun og‘ir keldi. Bilasiz, jamoamiz tayyorgarlikni bir maromda o‘tkazmadi. Turli muammolar o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ustiga-ustak, men va olimpiya termasiga a’zo jamoadoshlarim yig‘inga keyinroq kelib qo‘shildik. Shuning uchun «Sug‘diyona»ga qarshi bahsda biroz qiynaldik. Bu o‘tib ketadigan holat. Xudo xohlasa, ma’lum muddat o‘tgach, barchasi iziga tushib ketadi.

- Tajribali futbolchilarning yo‘qligi bilindimi?

- Ha, albatta, sezildi. Anvar G‘ofurov, Lutfulla To‘rayev maydonda katta hajmdagi ishni bajarishadi. Bizga yaqindan yordam berishadi. Keyingi o‘yinlarda ular safga qaytishsa, o‘yinimiz ham ijobiy tomonga o‘zgarishiga ishonchim komil.

- Abramovning g‘oyasini tezda ilg‘ab oldinglarmi?

- Garchi tarkibga kech qo‘shilgan bo‘lsakda, yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, murabbiy uslubiga tezda moslashishga harakat qildik. Uning qarashlari biz o‘ylaganchalik murakkab emas ekan. Asosiysi, sodda va tushunarli. Vadim Karlenovich bilmaganlarimizni mashg‘ulotlar payti astoydil tushuntirib, bosqichma-bosqich o‘rgatmoqda. U haqiqiy professional, o‘z ishining ustasi.

- O‘tgan mavsum «Sug‘diyona» safida to‘p surdingiz. Shundan kelib chiqsak, joriy yilgi chempionatni ham Jizzaxda boshlashingiz mumkinmidi?

- Qonunan «Bunyodkor»ga tegishliman. Avvalgi mavsum ijarada o‘ynadim. Umuman, hozircha qaysi jamoada o‘ynashimni shu klub vakillari hal qilishadi. Qolaversa, o‘zim ham «Bunyodkor»ga qaytishga qarshi emasdim. Zero, Abramov bilan ishlash qiziq tuyulmoqda.

- Kelgusidagi maqsadlaringiz qanday?

- Birinchi navbatda, olimpiya termasi bilan saralash o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, ishqibozlar mehrini qozonish. Ishonchim komilki, poytaxtimizda o‘tkaziladigan musobaqada muxlislar bizni yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Eng asosiysi ham shu. Ko‘rdik, Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi bahsda «Paxtakor» minglab muxlislar qarshisida juda chiroyli va shiddatli o‘yin ko‘rsatdi. Ko‘rinib turibdiki, futbolda fidoyi ishqibozlarning o‘rni bo‘lakcha.

- Maydonlar sifatsizligi chiroyli futbol ko‘rsatishga xalaqit beradimi?

- Sifatsiz maydonda nafaqat biz, balki raqib ham qiynaladi. Futbolchilar o‘z darajalarida o‘ynay olishmaydi. Natijada kutilmagan jarohatlar vujudga keladi. Ayni vaqtda poytaxtimizdagi «Paxtakor» va Qashqadaryodagi «Nasaf» stadionlari maydoni a’lo holatda. Barcha talablarga javob beradi. Bunday stadionda futbol o‘ynash kishiga o‘zgacha zavq beradi.

- Yaqinlashayotgan uchrashuvlarda Siz va olimpiya terma jamoamizga omad tilab qolamiz.

- Rahmat! Nasib qilsa, ota-onalarimiz va yaqinlarimiz ko‘z o‘ngida ijobiy natija qayd etishga astoydil harakat qilamiz.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:04, 22.03.2019.
O'qildi: 3048 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.