Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ektor Kuper: «Biz dunyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘yin o‘tkazdik»

Ektor Kuper: «Biz dunyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘yin o‘tkazdik»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston - Urugvay uchrashuvdin keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab Ektor Kuper qatnashib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz dunyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Afsuski, yutqazdik. Urugvay terma jamoasi o‘tgan yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida qatnashib, juda yorqin taassurot qoldirgandi. Oskar Tabares shogirdlari FIFA reytingida ham yuqori o‘rinlarda borishmoqda.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida gol o‘tkazib yubordik. Keyin o‘yinni tenglashtirishga harakat qildik. Raqib birinchi bo‘limda to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda birinchi taymga qaraganda yaxshiroq harakat qildik. To‘pni ko‘proq o‘zimizda ushlab turishga intildik. Ammo raqibning tajribasi baribir o‘z so‘zini aytdi. Urugvay kabi kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yin biz uchun Jahon chempionati saralashi oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Kecha Xitoy - Tayland uchrashuvini ko‘rdim. Xitoy mag‘lubiyatga uchradi. Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lganiga ko‘p bo‘lmadi. Shu sababli hozircha uning ishiga baho berish qiyin.

Futbolda turli natija ro‘y beradi. G‘alaba bilan mag‘lubiyat doim yonma-yon. Barcha natijani qabul qilishga tayyor bo‘lish zarur. Biz Urugvayga qarshi uchrashuvni tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ish olib boramiz. Kelgusi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Musobaqa tashkilotchilariga alohida tashakkur bildirmoqchiman. Shart-sharoitlar barchasi yuqori saviyada tashkil qilingan. Bizni juda iliq kutib olishdi. Tashkiliy qo‘mita a’zolari har bir talabimizni bajarishga harakat qilishmoqda. Barchasi uchun ularga rahmat aytaman.

Endi Xitoyga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu o‘yinda eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Xitoy musobaqa mezboni. O‘yin qiyin bo‘lishi aniq. Shunga qaramay g‘alaba uchun astoyidil harakat qilamiz. Chunki bu o‘yinlar FIFA reytingidagi o‘rnimizga ta’sir qiladi. JCH saralashidan oldin reytingda yuqoriroq o‘rinlarni egallash muhim”.

Manba: Stadion
Kiritildi: 19:04, 22.03.2019.
O'qildi: 8311 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик