Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

APL vajohati yoxud g‘aroyib statistika

APL vajohati yoxud g‘aroyib statistika

Baho:
+ | -

CHL 1|8 finalida APL vajohati yaqqol sezildi. Kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritgan 8ta jamoadan yarmi Angliyadan! Bunaqasi oxirgi marta mavsum-2008|2009da kuzatilgandi.

O‘shanda «Liverpul», «Chelsi», «MYU» va «Arsenal» klublari 1|4 finalga chiqish missiyasini tengdaniga bajargan bo‘lsada, yakunda g‘oliblik boshqa yurt vakiliga nasib etgandi. Vaholanki, APLning 4ta vakilidan 3tasi yarim finalda o‘ynagan...

Qiziq tomoni, 10 yil oldin ham chorak final qur’asi 1ta inglizcha derbi taqdim etgan va aynan «Chelsi» - «Liverpul» to‘qnashuvi butun turnir bezagiga aylangandi (umumiy hisob 7:5, «Chelsi» foydasiga).

Eslasangiz, jamoalar «Stemford Brij»da 4:4 hisobini qayd etgandi. Xullas, yarim finalga Angliyaning 3ta klubi va «Barselona» chiqqan. Hal qiluvchi bahsga kelsak, Xosep Gvardiola boshqaruvidagi Kataloniya jamoasi «MYU»ga imkoniyat qoldirmagandi - 2:0.

Keyingi mavsumlarda APLning CHLdagi vajohati biroz pasaydi: 

Mavsum-2009|2010

1|4 final: 2ta klub

1|2 final: yo‘q

***

Mavsum-2010|2011

1|4 final: 3ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: 1ta klub («MYU» hal qiluvchi bahsda yengilgan)

***

Mavsum-2011|2012

1|4 final: 1ta klub:

1|2 final: 1ta klub

Final: 1ta klub («Chelsi» yakunda zafar quchgan)

***

Mavsum-2012|2013

1|4 final: yo‘q

***

Mavsum-2013|2014

1|4 final: 2ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: yo‘q

***

Mavsum-2014|2015

1|4 final: yo‘q

***

Mavsum-2015|2016

1|4 final: 1ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: yo‘q

***

Mavsum-2016|2017

1|4 final: 1ta klub

1|2 final: yo‘q

***

Mavsum-2017|2018

1|4 final: 1ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: 1ta klub («Liverpul» mag‘lubiyatga uchragan)

***

Mavsum-2018|2019

1|4 final: 4ta klub

Darvoqe...

«Chelsi» va «Arsenal»ning YEL chorak finaliga chiqqanini hisobga olsak, APLning yevroarenadagi vajohati yanada dahshatliroq ko‘rinadi: 6ta jamoa. E’tiborlisi, yevrokuboklar yarim finalida APLdan  kamida 1ta jamoa bo‘lishi hozirdan ma’lum («Manchester Siti» yoki «Tottenxem»), qolgan 4tasida esa kurashni davom ettirish uchun real imkoniyat bor. Umuman olganda, Angliyadan 6ta klubning yevrokuboklar 1|4 finaliga chiqishi tarixda ikkinchi marta kuzatilmoqda. Birinchisi 48 yil muqaddam, mavsum-1970|1971da ro‘y bergandi.

A.HAMIDOV tayyorladi.

Manba: IFF
Kiritildi: 19:29, 22.03.2019.
O'qildi: 2998 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.