Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Metallurg» nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

«Metallurg» nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakat milliy chempionatining 2-turiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonida Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida kechgan o‘yinda Andrey Shipilov shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Birinchi taymda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi taym bekobodliklarning ustunligi ostida o‘tdi. Bo‘lim boshidayoq Server Jeparov o‘z mahoratini namoyish etib, hisobni ochdi. Bu esa “Metallurg” futbolchilarining yanada erkin o‘ynashlari uchun zamin yaratdi. AGMK esa tezroq hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlandi. Yuzaga kelgan bo‘shliqlardan taym yakunida Sergey Tumasyan unumli foydalandi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur uchrashuvdan keyin “Metallurg” futbolchilariga bir kunlik dam berildi. Dushanba kunidan e’tiboran jamoa a’zolari Qibray o‘quv mashg‘ulot maskanida Coca Cola Superliganing 2-turiga, “Buxoro”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:45, 24.03.2019.
O'qildi: 1392 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.