Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Oltin to‘p» bu mavsum ham Yerliklarga nasib qilmaydi shekilli?!

«Oltin to‘p» bu mavsum ham Yerliklarga nasib qilmaydi shekilli?!

Baho:
+ | -

«Frans Footbal» nashri tomonidan tashkil qilingan «Oltin to‘p» loyihasi shu qadar ommalashib ketdi-ki,  u futbolchilar uchun birinchi raqamli sovringa aylanib ulgurdi. Bugun ushbu nufuzli sovringa bu mavsumdagi asosiy da’vogarlar haqida so‘z boradi

Killian Mbappe

20 yoshidayoq futbol olamini o‘ziga qarata olgan futbolchi o‘zining fantastik o‘yinlari bilan hammani hayratda qoldirib kelmoqda. Bu mavsumda u «Liga 1»  to‘purarlar poygasida qolganlardan ancha ilgarilab ketdi. Uning sermaxsulligi borasida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.Undagi tezlik, o‘yinni o‘qiy olish hislatlari uncha-muncha tajribali futbolchilarni havasini keltirmoqda. Boz ustiga, «Real Madrid» tomonidan bildirilayotgan qiziqish uning bu kurashga bejiz kirmaganini ko‘rsatadi. Afsuski, «PSJ» o‘z xatolari tufayli YCHLdan chiqib ketdi. Ko‘pchilik uning o‘tgan yili Mundialdagi g‘alabasidan so‘ng sovrinni qo‘lga kiritishini kutgan edi, ammo kutilmaganda Modrich katta sahnaga chiqdi va uni sovrinsiz qoldirdi. Yakunlanayotgan mavsumda YCHLdan boshqa katta turnir yo‘q ekanligini hisobga olsak, katta ehtimol bilan Mbappe kuchli uchlikdan nariga o‘ta olmaydi.

Ronaldu

Portugaliyalik  futbolchi «Italiya  A»seriyasiga ko‘chib o‘tganida ko‘pchilik uning kariyerasida pasayish kuzatilishini taxmin qilgan edi. Aksincha, Krish endi  ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda. Taktika va strategiya ustasi sanaladigan Alegri Roniga o‘z taktikasidan joy topdi va undan unumli foydalanishni boshlab yubordi. Ronaldu o‘z ustida tinimsiz ishlashi tufayli 34 yoshida ham ajoyib sport formasini ushlab turibdi. Bu mavsum ular ichki chempionatda g‘olib chiqishlari tobora oydinlashib bormoqda. Bundan tashqari Roni to‘purarlar poygasida ham chakki ko‘rinmayati.  Ustiga-ustak YCHLdagi «Atletiko Madrid»ga qarshi turnirda kechgan uchrashuvdagi xet-trik uning bu mavsumda 6-bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin ekanligini yana bir bor hammaga namoyon qildi.

Messi

Argentinalik bolakay ham hash-pash deguncha 32 yoshni qoralab qo‘ydi. Uning avvalgi yorib kirishlari va tezkor harakatlari biroz kamaygan bo‘lsada, Messi o‘z pozisiyasini o‘zgartirish orqali vaziyatni ijobiy hal qildi. U endilikda «Barselona» hujumlarini boshlab bermoqda. Yangi ampluada Messi o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Bu mavsumda «La Liga»da chempionlikni deyarli naqd qilib qo‘ygan «Barsa» katta e’tiborini YCHLga qaratishi aniq. Messi bu mavsumni sermaxsul o‘tkazmoqda. «Oltin to‘p» uchun kurashda bu jihat o‘ta muhim. Agar u shu tempni mavsum so‘ngigacha ushlab qolishni uddasidan chiqa olsa, «Oltin to‘p» uchun Messida yaxshigina imkoniyat mavjud.

Bu futbolchilardan tashqari Serxio Aguero, Virjil Van Deyk, Muhammad Saloh singari futbolchilarda «Oltin to‘p» uchun kurashish imkoniyati mavjud. Bu futbolchilardan biri sovringa ega chiqishi uchun birinchi navbatda YCHLda g‘olib bo‘lishi kerak. Aks xolda, klublar o‘rtasidagi eng nufuzli sovrindan quruq qolgan futbolchilar bu kurashda g‘olib bo‘lishlari,  qaydam…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:27, 28.03.2019.
O'qildi: 18137 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик