Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning yengil (-61,23 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Ravshanbek Umurzoqov (7-0, 6 KO) o‘zining navbatdagi jangida chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Umurzoqov 13 aprel kuni filippinlik Roberto Gonsalesga (28-4, 17 KO) qarshi jang qiladi. Mazkur to‘qnashuv WBA Asia chempionlik kamari uchun kechadi. Jang Moldova mamlakatidagi Yengil atletika yopiq manejida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Gonsales turli yillarda 4 marta mintaqaviy chempionlik kamarlari uchun ringga chiqqan, biroq ularning ikkitasida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, ikkitasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Ravshanbek Umrzoqov so‘nggi marta 22 fevral kuni Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida ringga chiqib, boshqa bir filippinlik bokschi Rimar Metudani (12-5-1, 7 KO) 4 raundda nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 21:32, 29.03.2019.
O'qildi: 2244 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик