Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kaxi Maxaradze: «O‘zbekistonni o‘z vatanimdek sevaman»

Kaxi Maxaradze: «O‘zbekistonni o‘z vatanimdek sevaman»

Baho:
+ | -

Yurtimizda bir necha yillardan buyon faoliyat yuritayotgan gruziyalik Kaxi Maxaradzeni tanimaydigan muxlis topilmasa kerak.

O‘z ishiga vijdonan yondashadigan, kerakli pallada mas’uliyatni zimmasiga olishdan cho‘chimaydigan yarim himoyachi yangi mavsumda «So‘g‘diyona» sharafini himoya qiladi. Biz Jizzax klubining Qarshiga safari oldidan legioner futbolchini suhbatga tortdik.

- Kaxi, kayfiyatlar qanday?

- Zo‘r. Mana, bahoriy his-tuyg‘ular kayfiyati hukmron. Bu vaqtda 2-tur o‘yiniga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqdamiz. Bizni Qarshi safari kutmoqda - murakkab va prinsipial o‘yin. Garchi hozirgi «Nasaf» tarkibi bir muncha yoshargan bo‘lsa-da, bu xotirjamlikka berilish mumkinligini anglatmaydi aslo.

- «Lokomotiv»dan ketganingizdan so‘ng Qozog‘iston chempionatida to‘p surishingiz mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi...

- Ha, chindan ham qishda boshqa chempionatlardan takliflar oldim. Ammo Qozog‘iston klublaridan aniq chorlov bo‘lgani yo‘q. Qolaversa, u yerda o‘ynashni xayolimga ham keltirmadim. Chunki O‘zbekiston - ona vatanimdek qadrli bo‘lib qolgan. Futbolchi sifatida aynan shu yerda tanildim, O‘zbekistondagi faoliyatim orqali Gruziya milliy jamoasi tarkibiga kirdim. Xullas, O‘zbekistonga hurmatim juda baland.

- Aytingchi, «So‘g‘diyona» sizni nimasi bilan o‘ziga jalb qildi?

- Jizzaxda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Shuningdek, barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan, jamoa ko‘plab muxlislarga ega. Klubda saviyali murabbiy ish olib bormoqda. To‘g‘ri, tarkibimizdagi aksariyat yigitlar hali yosh, lekin zamonaviy futbolda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi. Tabiiyki, o‘zimiz istagan futbolni namoyish etishga intilamiz. Bundan qanday natija chiqishini esa vaqt ko‘rsatadi.

- Ma’lumki, Sergey Lushan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yetuk murabbiylardan biri sanaladi. Xo‘sh, u jamoadagi siz kabi faxriy futbolchilardan nimalarni talab qilmoqda?

- Hammasi oddiy: biz qiyin vaziyatlarda o‘yinni o‘zimizga olishimiz, yoshlarga bilganlarimizni o‘rgatishimiz kerak. Murabbiy shuningdek, himoyada ham, hujumda ham birdek aniqlik bilan harakatlanishimizni xohlayapti. Albatta, uning aytganlarini qo‘ldan kelganicha bajaramiz.

- O‘zbekistondagi qaysi klubda o‘zingizni to‘liq erkin his qilgansiz?

- Albatta, «Paxtakor»da. Bu klub bilan xalqaro miqyosdagi o‘yinlarda, ichki chempionatda yaxshi va yomon kunlarni boshdan o‘tkazdim. Ba’zida gollarim bilan jamoaga yordam berdim, bilganlarimni yoshlarga o‘rgatishdan qochmadim. Asosiysi, O‘zbekiston chempioni bo‘ldim, muxlislar qalbidan joy oldim. Futbolchi uchun bundan ortiq nima kerak? «Lokomotiv»da esa dastlabki yiliyoq OCHLda chakki qatnashmadim, O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandim. Umuman, avvalgi jamoalardagi faoliyatimdan ko‘nglim to‘ldi.

- Chindan ham, «Paxtakor» va «Lokomotiv» bilan ko‘plab sov­rinlarga ega chiqdingiz. «So‘g‘diyona»da ham bu an’anani davom ettira olarmikinsiz?

- Futbolda kelajakni bashorat qilish qiyin. Lekin kim biladi, balki shunday bo‘lib chiqar? Hozircha anig‘i shuki, endi Superligada o‘tkinchi o‘yinlar bo‘lmaydi. Bittagina kichik xato ham qimmatga tushishi hech gap emas.

- OCHLda ishtirok etayotgan ikki klubimiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Men uchun har ikkisi qadrli. «Lokomotiv» va «Paxtakor»ni OCHL «pley-off» raundlarida ko‘rsam, nur ustiga a’lo nur. Menimcha, bu imkonsiz ish sanalmaydi.

- «So‘g‘diyona»da jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha xorijlik murabbiy ish boshladi. Augusto Chirisada alohida ajralib turadigan tomonlari bormi?

- U hurmatga loyiq mutaxassis - barcha bilan bir xil munosabatda. Mehnatkashligi mashg‘ulotlarda yaqqol sezilib turibdi. O‘z ishining ustasi, tajribali, Yevropa futboli havosini ko‘rgan murabbiy. Xullas, Augustoning jamoaga katta naf bera olishiga ishonaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:35, 30.03.2019.
O'qildi: 2729 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик