Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Kloppning «Liverpul»dagi muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz transferlari (fotogalereya)

Kloppning «Liverpul»dagi muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz transferlari (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp «Liverpul» bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganidan buyon ko‘p narsa o‘zgardi - o‘yin uslubi va albatta, ijrochilar ham.

Germaniyalik mutaxassis o‘tgan davr mobaynida 17 nafar futbolchini mersisaydliklar safiga qo‘shdi - ushbu xaridlarning hammasini ham omadli deyish mushkul. Vaholanki, bu ro‘yxatga asosiy tarkib uchun sotib olinmagan Kamil Grabar, Ki-YAna Xuver hamda Net Fillips qo‘shilmagan.

Xo‘sh, Klopp davrida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz 17ta transfer bilan tanishmoqchimisiz? Unda quyidagi fotojamlanmaga e’tibor qarating.

17. LORIS KARIUS

Germaniyalik darvozabonning so‘nggi o‘rinda joylashgani hech kimni hayron qoldirmasa kerak.

16. ALEKS MANNINGER

Tajribali kiper «Liverpul» safida birorta o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsada, 16-pog‘onani egalladi.

15. STIVEN KOKER

Klopp Kokerni sotib oldiyu, hujumga tashladi - nega? Aftidan, ommani hayron qoldirmoqchi bo‘lgan.

14. DOMINIK SOLANKE

Umumiy hisobda bitta gol, Angliya termasida bitta o‘yin - va 15 mln. funt daromad. Yomon emas.

13. RAGNAR KLAVAN

Arzon, tajribali futbolchi «Liverpul»ga o‘tishini lotereyada yutuq yutishga tenglashtirgandi.

12. MARKO GRUICH

Kloppning «Liverpul»dagi ilk xaridi «qizillar» safida 14ta o‘yin o‘tkazgach, ijara asosida boshqa jamoalarda to‘p surdi.

11. NABI KEYTA

«Qizillar» bu futbolchining kelishini 12 oy kutishdi. Aslida, shunga arzirmidi?

10. JOEL MATIP

Matip haqida ijobiy yoki salbiy fikr bildirish juda mushkul, biroz o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

9. JERDAN SHAKIRI

Ortiqcha bosimsiz, katta ishonch bildirilmagan bu xarid orqali tavakkalga yo‘l qo‘yilmadi, ranjiganlar ham yo‘q.

8. ALEKS OKSLEYD-CHEMBERLEN

Sobiq «kanonir» «Enfild»ga ko‘nikishga ko‘p vaqt sarfladi va yakunda yaxshi formaga kirib, muxlislarni xursand qildi.

7. FABINYO

Start oson bo‘lmadi, ammo hozir Fabinyo «Liverpul» uchun benazir futbolchiga aylandi.

6. ALISSON BEKER

Uning Karius emasligi asosiy ustunligi bo‘lsa, mahoratli darvozabon ekanligi tahsinga sazovor.

5. JORJINYO VEYNALDUM

Bu futbolchiga yetarlicha baho berilmayotgani ko‘p ta’kidlangani sababli, u faqatgina 5-o‘rinni egalladi.

4. SADIO MANE

U ko‘plab gollar uradi va muvaffaqiyatni boshqa hamkasblaridan ko‘chirma olgan holda nishonlaydi, chiroyli kuladi. Uni yaxshi ko‘rmay bo‘ladimi?

3. VIRJIL VAN DEYK

Fanatlar uni uzoq kutishdi. Transfer amalga oshganidan keyin esa van Deyk o‘ziga sarflangan pullarga arzishini darhol isbotladi.

2. MUHAMMAD SALOH

Misrlik futbolchining o‘rniga dastlab Yulian Brandt nomzodi ko‘rilgandi. Ammo sport direktori Maykl Edvards «fir’avn»ga e’tibor qaratishga undadi. 89ta o‘yin, 64ta gol, 24ta samarali uzatma. «O‘xshamagan mavsum»da ham sermahsullik bo‘yicha uni faqat Aguero ortda qoldiryapti, xolos.

1. ENDRYU ROBERTSON

Bugungi kunda o‘z pozisiyasidagi eng yaxshi futbolchilardan biri uchun «Liverpul» atigi 8 mln. funt to‘lagan! Bu Benjamin Mendi tranfseriga ajratilgan summaning 15,4 foizi degani.

Manba: Interfutbol
Kiritildi: 09:10, 31.03.2019.
O'qildi: 4705 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.