Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Humoyun Murtazoyev: «Mash’al»dan ketish oson bo‘lmadi»

Humoyun Murtazoyev: «Mash’al»dan ketish oson bo‘lmadi»

Baho:
+ | -

Qarshining «Nasaf» jamoasi birinchi tur yakunlariga ko‘ra, eng yosh jamoa deb topildi. Biroq shunga qaramasdan, Ro‘ziqul Berdiyev yoshlar ongiga kurashuvchanlik hissini singdirmoqda.

Ular ham murabbiyning ko‘rsatmalariga amal qilayotganini sezish qiyin emas. Birinchi turda Samarqandda mehmon bo‘lgan «Nasaf» jamoasi tarkib nuqtai nazaridan juda yosh bo‘lsada, namoyish etgan o‘yini tahsinga sazovor. Klubda ayrim muammolar bo‘layotgan bir vaqtda Berdiyev kamsonli tajribali futbolchilarga ishonch bildirishga majbur. Ular maydonda yoshlarni o‘z ortlaridan ergashtirishlari kerak bo‘ladi. Shunday futbolchilardan biri «Mash’al» jamoasidan taklif etilgan Humoyun Murtozoyevdir. 

- Adashmasam, «Nasaf» sizga o‘tgan yili ham taklif bilan chiqqandi...

- To‘g‘ri. Ammo o‘z klubim bilan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni asosiy maqsad sifatida belgilagandim. «Nasaf» o‘z tarixiga ega, buyuk jamoalardan biri. Bu galgi chorlovni jiddiy qabul qildim.

- «Mash’al»dagi shuncha yillik faoliyatingizdan so‘ng, jamoani tark etish oson bo‘lmagandir?

- Gapingizga to‘la qo‘shilaman. «Mash’al» - o‘zbek futbolidagi yorqin alanga. Bu jamoani tark etish oson bo‘lmadi, chunki shu klubda o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni o‘tkazdim. Xalq nazariga tushdim. Ozmi ko‘pmi obro‘ orttirdim.

- Jamoadagi yoshlar bilan birga to‘p surishga qiynalmayapsizmi?

- Avvaldan shuni hisobga olgandim. Boz ustiga, sobiq jamoamda ham yosh futbolchilar ko‘p edi. «Nasaf»dagi tengdoshlarimda ham shasht va shijoat yuqori hamisha. Ular energiyaga to‘la, ayni futbol o‘ynaydigan yoshdalar. Shuning uchun birgalikda maydonda to‘p surish muammo tug‘dirmayapti. «Nasaf» yosh bo‘lishiga qaramay, ancha yaxshi shakllangan, desam adashmayman. Tabiiyki, bunda jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning hissasi katta. Haqiqatan ham, ushbu mutaxassis tarkibda ko‘plab muammolar bo‘lishiga qaramay, ularni qisqa muddatda ijobiy hal qilishi orqali tanilgan. Uning qo‘l ostida «Nasaf» hamisha mazmunli o‘yin namoyish etadi.

- Dilshod Saitovning urgan goli evaziga Samarqand safaridan durang natija bilan qaytdinglar. Uzoqdan zarba yo‘llash murabbiyning ko‘rsatmasi edimi?

- Har bir murabbiy uchrashuvdan oldin o‘ziga xos taktikalarni ishlab chiqadi. Ko‘rsatmalar mashg‘ulotlar vaqtida barchaga birdek beriladi. O‘sha vaziyatda ham jamoadoshim murabbiyning aytganlaridan kelib chiqib ish tutdi.

- «Nasaf» ikkinchi turni o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘tkazadi. Raqib haqida nima deysiz?

- «So‘g‘diyona» bilan bo‘ladigan o‘yin-da faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Men va jamoadoshlarim, albatta, qashqadaryolik ishqibozlar uchun borimizni beramiz va yakunda uch ochkoni qo‘lga kiritishga astoydil harakat qilamiz.

- Xorij chempionatlaridan qaysi biri sizni ko‘proq qiziqtiradi?

- APLda shiddatli bahslar ko‘p bo‘ladi.

- Nima deb o‘ylaysiz, «Liverpul» yakunda Angliya chempionligini qo‘lga kirita olarmikan?

- Angliya Premer-ligasida har qanday holat kuzatilishi mumkin. Istasa, so‘nggi o‘rindagi jamoa peshqadamni yutib qo‘yishiga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz. Agarda Yurgen Klopp shogirdlari shu yo‘sin davom etishsa, uzoq kutilgan chempionlikni tantana qilishsa, ajabmas.

- «Monako»ning muvaffaqiyatsizligiga sabab nima?

- Men «PSJ» muxlisiman. Knyazlik klubi haqida gapiradigan bo‘lsam, mavsum o‘rtasida murabbiy almashgani ta’sirini ko‘rsatdi, shekilli. Ammo avvalgi murabbiy Leonardu Jardim qaytgach, jamoaning ishlari biroz o‘nglanayotgandek ko‘rinmoqda.

- Sizningcha, bu yil Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrini qaysi jamoaga nasib etadi?

- «Barselona», «Yuventus»da imkoniyat katta. «Ayaks» yoki «Tottenxem» kabi klublar esa har qanday vaziyatda «sensasiya» yaratishga qodirlar. Buni avvalgi bosqichda qayd etilgan natijalar yaqqol isbotladi. Lekin ularning raqiblari kuchli. Shuning uchun ham keyingi bosqichga chiqishda qiynalishadi.

- Nima uchun ular qatoriga «Manchester Yunayted»ni kiritmadingiz?

- Bu jamoaning raqibi qanday qudratga ega ekanligi barchaga ma’lum. «Barselona» ayni damda ajoyib sport formasida. Boz ustiga, tarkibida Lionel Messidek yulduz futbolchisi bor. Mazkur holatda Angliya klubiga jarohatlar ham pand berishi mumkin.

Manba: Interfutbol
Kiritildi: 09:16, 31.03.2019.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик