Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Andijon akademiyasi «NAVRUZ CUP-2019» xalqaro musobaqasi g‘olibiga aylandi

Andijon akademiyasi «NAVRUZ CUP-2019» xalqaro musobaqasi g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida 2005 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “NAVRUZ CUP-2019” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu musobaqada ishtirok etgan Shohruh Ishanov va Lochinbek Guldanov boshchiligidagi Andijon viloyati bolalar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi. 

Musobaqa davomida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlis va mutaxassislarda katta taassurot qoldirgan Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari Azizbek Usmonov "Eng yaxshi hujumchi", Asilbek Tojidinov esa "Eng yaxshi darvozabon" sifatida e’tirof etildi.

Andijonda musobaqa g‘oliblarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda akademiya tarbiyalanuvchilari Andijon viloyati futbol assosiasiyasi va Yoshlik jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.






 

Manba: UFA
Kiritildi: 10:53, 31.03.2019.
O'qildi: 1281 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик