Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«Sharoit bor joyda futbolchilar ham tezroq o‘sadi» – Diyor Imomxo‘jayev

«Sharoit bor joyda futbolchilar ham tezroq o‘sadi» – Diyor Imomxo‘jayev

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) safidagi asosiy futbolchilar Toshkent klublaridan degan e’tirozlarni ko‘p eshitaman.

Yoshlar termasiga nomzod bo‘lgan asosiy futbolchilar 46 nafar. Yana 23 nafar kuzatuvda bo‘lgan futbolchilar bor. O‘FA ularning hammasini Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazgan. Ya’ni, istalgan vaqtda bu futbolchilar yig‘inlarga jalb etilishi mumkin.

Mana shu asosiy futbolchilarning 15 nafari “Paxtakor” va 13 nafari “Bunyodkor” futbol klubiga tegishlidir. Demak, yuqoridagi fikrda jon bordek. Biroq mana shu 28 nafar futbolchining faqatgina 10 nafari Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Yoshlar termasiga Toshkent viloyati (8), Namangan (6), Farg‘ona (5), Qashqadaryo (4), Sirdaryo (4), Andijon (3), Navoiy (3), shuningdek, Buxoro, Xorazm, Jizzax viloyatlari 1 nafardan futbolchi yetkazib bergan.

Ko‘rinadiki, 14 hududiy birlikning 11 tasidan a’zolar bor. Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Samarqand ortda qolmoqda. Hududiy futbol akademiyalari 2-3 yildan keyin meva berishni boshlasa, bu viloyatlardan ham iqtidorlar chiqishi katta ehtimol.

Nega Toshkent klublarida nomzodlar ko‘proq? Aytish kerakki, ularning hammasi ham Toshkentdan emas. Shunchaki “Paxtakor”, “Bunyodkor” kabi klublarida seleksiya ishlari nisbatan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ular viloyatlarga borib, futbolchilarni saralaydi hamda Toshkentga olib keladi. Bu muhim jihat. Poytaxtning mana shu ikki klubi yoshlari bilan qiziqib ko‘rsangiz, futbolchilarning 90 foizi viloyatlardan ekaniga guvoh bo‘lasiz. O‘zbekiston iqtidorlar qandaydir qishloq yoki g‘orda qolib ketadigan joy emas. Haqiqiy iqtidor u xoh imkoniyati cheklangan oiladan bo‘lsin, xoh uzoqroq qishloqdan, saralab olinaveradi. Bunga misollar ko‘p.

Va yana bir muhim jihatni unutmaslik kerak, sharoit bor joyda futbolchilar ham tezroq o‘sadi. Viloyatlarda ham futbol o‘ynash uchun imkoniyat bo‘lishi muhim omil. Shuning uchun viloyatning bosh jamoasiga hadeb urg‘u beravermay, bolalar futboli haqida ham qayg‘urish shart. Chet eldan million mutaxassis olib kelish uchun bizga ancha bor. Biz birinchi galda bolalarni maydonlar va to‘plar bilan ta’minlashimiz kerak

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: Stadion
Kiritildi: 13:40, 01.04.2019.
O'qildi: 2047 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.