Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Qashqadaryo viloyatida yangi universal inshoot foydalanishga topshirildi

Qashqadaryo viloyatida yangi universal inshoot foydalanishga topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Kitob tumanida yangi usti yopiq suv inshooti, basketbol maydonchasi, sun’iy qoplamali futbol maydoni qurish hamda tennis kortini kapital ta’mirlash taklifi bildirilgan edi.

Kecha, 31 mart kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Guliston mahallasida qurilgan ushbu sport inshootlari foydalanishga topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etilgan ob’ektning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Mazkur sport inshootlarini qurish uchun jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 6,8 milliard so‘m ajratildi. Usti yopiq suv inshooti tarkibida 11x25 metr o‘lchamdagi basseyn, murabbiylar, shug‘ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun o‘rindiqlar mavjud.

Bundan tashqari, mavjud tennis korti kapital rekonstruksiya qilinib, 22x42 hajmli mini-futbol maydoni va basketbol maydonchasi yangidan qurib foydalanishga topshirildi. Bu yerda ham yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari mavjud.

Sport majmuasi atrofi obodonlashtirilib, musiqali favvora ham bunyod etildi.

Kitob tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda bir kunda 500 nafardan ortiq o‘g‘il-qiz suzish, futbol va basketbol sirlarini o‘rganishi uchun sharoitlar yaratilgan. E’tiborlisi, bolalar va o‘smirlar sport maktabiga jamg‘arma tomonidan 45 nomdagi 400 million so‘mlik jihozlar ham topshirildi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 14:11, 01.04.2019.
O'qildi: 2213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик