Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston ayollar OTJ bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston ayollar OTJ bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, yana ikki kundan so‘ng poytaxtimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi saralashning ikkinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Guruh bosqichi tizimida kechadigan mazkur saralash bahslarida O‘zbekiston, Gongkong, Iordaniya va Vyetnam terma jamoalari bir kvartetdan o‘rin olishgan.

O‘zbekiston ayollar OTJ mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Musobaqa boshlanishi arafasida bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov «Chig‘atoy» terma jamoalarni tayyorlash markazida ayollar OTJ bilan uchrashdi. Suhbat davomida MOQ prezidenti futbolchi qizlarga omad tilar ekan, ularda o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochish uchun juda yaxshi imkoniyat borligini alohida ta’kidladi.

«E’tibor bergan bo‘lsangiz, shu paytga qadar O‘zbekiston Olimpiya, jumladan, ayollar OTJga bunchalik katta e’tibor qaratilmagan. Biz barcha yaxshi sharoitni yaratishga harakat qildik. Xorijiy o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari, kuchli terma jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari va shu kabi barcha kerakli narsalar yaratildi. Siz o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishingiz mumkin va sizlarda birinchi bo‘lib Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Buning uchun bor kuchingizni ishga solib, musobaqani yorug‘ yuz bilan yakunlashingizga umid qilib qolamiz. Ana shu saralash bosqichidan eson-omon o‘tib olsangiz, sharoitlarni yanada yaxshilashga, sizlar uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari, xorijiy o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etishga harakat qilamiz va bu masalada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Eng muhimi ana shu saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib olish.

Oddiygina misol, futbolchilarimiz 1994 yil Xirosimada Osiyo o‘yinlarining chempioni bo‘lgan va o‘sha tarixiy g‘alaba hozirgacha eslanadi va yodga olinadi. Sizlarda ham ana shunday tarix yaratish imkoniyati bor. Shunday ekan, fursatni qo‘ldan boy bermang», – dedi Umid Ahmadjonov.

Olimpiya terma jamoasi qizlari bilan uchrashuv yakuniga yetgach, Umid Ahmadjonov «Chig‘atoy» terma jamoalarni tayyorlash markazida yangi bunyod etilgan futbol maydonini borib ko‘zdan kechirdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Gollandiyaning «Xatko» kompaniyasi yuqori sifatli, eng zamonaviy texnologiyalarga javob bera oladigan sun’iy qoplamali maydonni yotqizib berdi. E’tiborlisi, tabiiyga juda yaqin ushbu sun’iy qoplamali maydon Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining saralash bosqichida O‘zbekiston ayollar OTJga omad va zafarlar tilab qoladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 21:23, 01.04.2019.
O'qildi: 1776 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.