Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Jahon bo‘yicha – Mbappe, bizda – Odil

Jahon bo‘yicha – Mbappe, bizda – Odil

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Jahonga mashhur transfermarkt.de sayti futbolchilarning transfer narxlarini aniqlashi bilan nom qozongan.

To‘g‘ri, har doim ham ushbu saytda ko‘rsatilgan narx futbolchining haqiqiy bahosini keltirib chiqarmaydi. Lekin sayt xodimlari o‘yinchilarning turli jihatlarini inobatga olgan holda o‘z narxlarini belgilashadi. Shuningdek, saytda tez-tez futbolchilarning narxi o‘zgarib turadi.

Xullas, saytda terma jamoalar o‘yinchilarining narxlari belgilab boriladi. Jahonning kuchli ligalarida har bir o‘yinchiga e’tibor qaratilsa, futboli unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda asosan xalqaro o‘yinlarda o‘ynaydigan futbolchilarga narx belgilashadi. O‘zbekistonlik o‘yinchilar bilan ham shunday desa bo‘ladi.

Alohida futbolchilarni oladigan bo‘lsak, bugungi kunda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe eng qimmat bo‘lib turibdi. Transfermarkt ushbu futbolchini 200 million yevroga baholagan. Ikkinchi o‘rindan ham «PSJ» futbolchisi joy olgan - Neymar. Uning bahosi 180 millionga teng. Vaholanki, amalda Neymar 222 million yevroga sotilib, jahonning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. Uchinchi o‘rindagi Lionel Messi esa 160 millionga baholangan. Keyingi o‘rinda 150 milliondan narxlangan Muhammad Saloh, Garri Keyn, Eden Azar va Kevin de Bryuynelar borishmoqda. Krishtianu Ronaldu esa 100 million yevroga baholanib, 16-o‘rinni egallab turibdi.

Klublar borasida olsak, «Barselona» eng qimmati. Bugungi kunda ushbu jamoa safida o‘ynayotgan futbolchilar 1,18 milliard yevroga baholangan. «Manchester Siti» futbolchilarining narxi esa 1,14 milliardga teng. 965,3 million yevroga baholangan «Real» kuchli uchlikni yakunlab beradi.

Terma jamoalar orasida Fransiya eng qimmat bo‘lib turibdi. Hozirda jahon chempionlari 1,23 milliard yevroga baholanishgan. Angliya 1,06 milliard bo‘lsa, Germaniya terma jamoasining umumiy bahosi 1,02 milliardga teng. Braziliya termasi esa 1,01 milliard yevroni tashkil qilmoqda. Qolgan jamoalar milliard­lik marrani zabt eta olishmagan. Eng yaqin kelgan jamoa Ispaniyadir - 881 million yevro.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari 21,45 million yevroga baholangan. Har bir futbolchining o‘rtacha narxi 933 ming yevroni tashkil qiladi. Terma jamoamizdagi eng qimmat futbolchi bu Odil Ahmedovdir. Ayni payt Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz 6 million yevroga baholangan. Keyingi o‘rindagi Jaloliddin Masharipovning narxi 1,4 million.

Pozisiyalar bo‘yicha oladigan bo‘lsak, yarim himoyachilarimizning o‘rtacha narxi 1,53 million yevroni tashkil qiladi. Albatta, bunda Odil Ahmedovning hissasi katta. Hujumchilarimiz esa o‘rtacha 1,12 millionga baholanishgan.

Umumiy olib qaraganda, o‘rtadagi tafovut katta. Agar transfermarkt begilagan narxda futbolchi sotib olinadigan bo‘lsa, birgina Kilian Mbappening narxiga deyarli o‘nta O‘zbekiston terma jamoasini xarid qilsa bo‘ladi. Lekin yuqoridagi aytganimizdek, bu futbolchilarning haqiqiy narxi emas. Klublar o‘rtasidagi oldi-sotdilarda bu narxlar unchalik rol o‘ynamaydi. 

O‘zbekiston terma jamoasi

futbolchilarining narxlari(evroda)

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov                 «Paxtakor»           500 ming

Akbar To‘rayev                      AGMK                    300 ming

Javohir Ilyosov                 «Lokomotiv»        300 ming

Himoyachilar:

Islom To‘xtaxo‘jayev             «Lokomotiv»        800 ming

Davron Hoshimov                 «Lokomotiv»        500 ming

Yegor Krimes                        «Paxtakor»           350 ming

Dostonbek Tursunov            «Renofa Yamaguchi»         300 ming

Anzur Ismoilov                  «Lokomotiv»        300 ming

Oleg Zoteev                        «Lokomotiv»        750 ming

Farrux Sayfiyev                 «Paxtakor»           600 ming

Akmal Shorahmedov             AGMK                    450 ming

Yarim himoyachilar:

Odil Ahmedov                     «Shanxay SIPG»    6 million

Ikromjon Aliboyev             «Seul»                  900 ming

Fozil Musayev                     «Jubilo Ivata»   600 ming

Sardor Mirzayev                 «Lokomotiv»        1,5 million

Javohir Siddiqov              «Paxtakor»           600 ming

Odil Hamrobekov               «Paxtakor»           600 ming

Otabek Shukurov                  «Sharja»               500 ming

Jaloliddin Masharipov     «Paxtakor»           1,4 million

Dostonbek Hamdamov          «Paxtakor»           800 ming

Hujumchilar:

Temurxo‘ja Abduxoliqov     «Lokomotiv»        1,2 million

Marat Bikmayev                    «Paxtakor»           1,2 million

Eldor Shomurodov              «Rostov»              1 million

 

Amplua bo‘yicha

Pozisiya                              Umumumiy narxi O‘rtacha

Darvozabonlar                   1,10 mln.               367 ming

Himoyachilar                        4,05 mln.               506 ming

Yarim himoyachilar                10,70 mln.             1,53 million

Hujumchilar                        5,60 mln.               1,12 million

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:44, 01.04.2019.
O'qildi: 3018 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.