Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

O‘qing, tomosha qiling, faqat yig‘lamang!

O‘qing, tomosha qiling, faqat yig‘lamang!

Baho:
+1 | -

Futbol faqat sovrinlar, yoki biznesdan iboratdek ko‘ringani bilan unda insoniylik tuyg‘ulari yuqori o‘rinda turadi. Ba’zan futbol uchrashuvlari chog‘ida shunday kichik voqealar bo‘ladi-ki, uni ko‘rib yaxshilik naqadar yaxshi deb o‘ylab qolasan. ..

Bugun zamonaviy futbol kelishilgan uchrashuvlar, burni baland murabbiylar va boshqa ko‘plab zamonaviy kasalliklar bilan ancha o‘zini oldirib qo‘ygan bo‘lsada, u baribir o‘zining asl mohiyatini hali yo‘qotganicha yo‘q.  

Futbol uchrashuvini tomosha qilayotgan muxlislarga hech e’tibor berganmisiz? Ular bu dunyoning tashvishlarini 90 daqiqaga borsa kelmasga jo‘natib yuborishadiyu, futbol atalmish sirli olamga sho‘ng‘ishadi. Hakamning o‘yin tugaganini bildiruvchi hushtagi chalinishi bilan muxlislar bir lahzada o‘zligiga qaytadida,  o‘yin natijasiga bog‘liq  bo‘lgan kayfiyat bilan hayot tashvishlariga yana g‘arq bo‘lishadi. O‘ylashimcha, futbolning asl lazzati ham shunda bo‘lsa kerak. Ba’zan terma jamoang yengilganda tog‘lar ustinga qulab ketganday bo‘ladi. G‘alaba qozonganingda esa, jamiki muammolaring butunlay yodingdan chiqadida, negadir o‘zingni baxtli his qilasan, uchrashuvni qayta-qayta tomosha qilging keladi. Ayniqsa, terma jamoamiz g‘alaba qozongan uchrashuvning ertasi kuni o‘yindagi gollarni qayta ko‘rish bilan yangi kunni boshlaysan…  

Bu shunaqa sirli olam. Unda g‘alaba, mukofot pullari, mashhurlik singari faktorlar bo‘lsada, futbolchilar ham siz va biz kabi oddiy insonlar. Ular ham huddi biz kabi hursand bo‘ladilar, yig‘laydilar…
Bugun internetda bir videoga ko‘zim tushdi. Balki bu videoni avval ham ko‘rgandursiz, balki bu birinchi marotaba bo‘lar, bilmadim, lekin uni albatta ko‘ring. Yuraklarimizning tub-tubidan joy olgan futbolning hayajonli onlari aks etgan video rolik

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:56, 02.04.2019.
O'qildi: 18314 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик