Xabaringiz bor, kecha Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo‘yicha "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turniri nihoyasiga yetdi.
Musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi va 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari bugun yurtimizga qaytib kelishadi. Bokschilarimiz joy olgan samolyot bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:10 da yurtimizga qo‘nadi.
Fursatdan foydalanib, kutib olish marosimiga ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislarni taklif qilib qolamiz.