Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bahrom Norsafarov: «Kim favorit ekanini o‘yin ko‘rsatadi»

Bahrom Norsafarov: «Kim favorit ekanini o‘yin ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun 2 aprel kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi binosida Tokio-2020 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. 

Mazkur matbuot anjumanida O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxrom Norsafarov fikrlarini bildirib o‘tdi. 

“Guruhimizdagi barcha terma jamoa a’zolarini Toshkentda ko‘rib turganimdan xursandman. O‘zbekistonga xush kelibsiz! Bizning terma jamoa saralashning birinchi bosqichida qatnashmadi. Shunga qaramay, hozirda biz yaxshi sport formasidamiz. Ikkita xalqaro musobaqada ishtirok etdik.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati biz uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Shunga yarasha biz ham sifatli futbol namoyish etib, oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalashga harakat qilamiz.  Terma jamoa a’zolarining barchasi safda. 90 daqiqa maydonda to‘p surish uchun ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan tayyormiz. Raqiblar haqidagi ma’lumotlar bizda bor, lekin hammasi maydonda hal bo‘ladi. Kim favorit ekanini o‘yin ko‘rsatadi. Barcha raqiblarga bir xil munosabatda bo‘lamiz”, - deydi Norsafarov.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:07, 02.04.2019.
O'qildi: 2556 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик