Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘zbek jang san’ati 40 mingga yaqin o‘g‘il-qizni birlashtirdi

O‘zbek jang san’ati 40 mingga yaqin o‘g‘il-qizni birlashtirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Yoshlarimiz orasida kurash, belbog‘li kurash, "Turon" yakkakurashi, o‘zbek jang san’ati va boshqa milliy sport turlariga qiziqish kuchaymoqda.   2009 yilda tashkil etilgan O‘zbek jang san’ati federasiyasi mazkur cpopt turini yanada ommalashtirish, mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, malakali murabbiylar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etilgan to‘garaklarda 40 mingga yaqin o‘g‘il-qiz mazkur sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.   O‘zbek jang san’ati bilan olti yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. Dastlab boshlang‘ich ko‘nikmalar hosil qilish uchun sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘tiladi. Keyin jang san’ati puxta o‘rgatiladi. Bolalar musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlab boriladi.   – Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarning ma’naviy yuksalishiga ham katta e’tibor qaratamiz, – deydi jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Sherpo‘lat Usmonov. – Sababi, sportchining irodasi mustahkamlanishida ma’naviy yuksalish muhim o‘rin tutadi.   O‘zbek jang san’atini dunyoga milliy libos va o‘zbek tilidan foydalangan holda tanitayotgan yoshlar safi kengaymoqda. Ayniqsa, iste’dodli egizaklar Karina va Sabina Kimning yutuqlari tahsinga loyiq. 2012 yildan mazkur sport turi bilan muntazam shug‘ullana boshlagan opa-singillar o‘sha yili O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni egalladi va terma jamoa a’zolari bo‘ldi.   Sabina xalqaro maydondagi ilk g‘alabasiga 2014 yili Janubiy Koreyada o‘tgan Butunjahon yakkakurashlar festivalida erishgan bo‘lsa, Karina oradan bir yil o‘tib, ushbu musobaqada g‘olib chiqdi. Ular bugunga qadar Possiya, Portugaliya, Italiya, Fransiya va Qozog‘istonda o‘tkazilgan bir qator musobaqalarda shohsupaga ko‘tarildi.   Hozir Sabina va Karina Kim O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqichida tahsil olishmoqda.   – Xalqimiz milliy qadriyatlarini o‘zida jam qilgan o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanish menga katta zavq bag‘ishlaydi, – deydi Karina. – Bu sport turi nafaqat jismonan, balki ma’nan baquvvat bo‘lish bilan birga, tariximiz va madaniyatimizni ham o‘rgatadi. O‘tgan vaqt davomida terma jamoa safida Karina bilan chet davlatlarda o‘zbek jang san’atini keng ommalashtirishga hissa qo‘shib kelmoqdamiz.
Manba: UZA
Kiritildi: 21:31, 02.04.2019.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.