Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Yaponiya klubi Samarqandga keldi

Yaponiya klubi Samarqandga keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 410-sonli “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari tashkil etilib, bu akademiyalar faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Shu jumladan, istiqbolli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, bolalar futbolini rivojlantirish va terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlarni shakllantirish borasida katta hajmdagi ishlar bajarilyapti.


2018 yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiyaning «Vanfore Kofu» klubi rahbari, Yaponiya futbol federasiyasi a’zosi Kazuyuki Umino bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazib, bolalar futbolini rivojlantirish, futbol akademiyalari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgandi. 

Ana shunga asosan, joriy yilning 2 aprel sanasida “Vanfore Kofu” futbol klubi mamlakatimizning bir qator bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan halqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berib o‘tgandik. 

Bugun Samarqand aeroportida yaponiyalik futbolchilarni kutib olish marosimi tantanali tarzda tashkil etildi. Yurtimizga 18 nafar futbolchi va 7 nafar murabbiylar shtabi bilan tashrif buyurgan yaponiyaliklarni aeroportda karnay-surnay navolari ostida Samarqand bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari kutib olishdi. Mehmonlar Samarqand shahridagi "Registon" mehmonxonasiga joylashishdi. 

Ertaga 3 aprel kuni "Dinamo" o‘yingohida "Vanfore Kofu" klubi Samarqand akademiyasining 17 yoshli tarbiyalanuvchilariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. Keyin esa mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylarini aylanishadi. 4 aprel kuni ertalab Yaponiya klubi a’zolari "Afrosiyob" poyezdida Toshkentga yo‘l olishadi. Toshkentda 4 va 7 aprel kunlari "Vanfore Kofu" klubi "Chig‘atoy" va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan.



Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:54, 02.04.2019.
O'qildi: 3308 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик