Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Dostonbek Hamdamov: «Sobiq jamoamga qarshi o‘yinda hayajon bo‘ldi»

Dostonbek Hamdamov: «Sobiq jamoamga qarshi o‘yinda hayajon bo‘ldi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" safida debyut golini nishonlagan Hamdamov o‘yin haqida taassurotlarini aytib o‘tdi.

“Birinchi golimni urganimdan xursandman. "Bunyodkor"da tarbiyalandim. Sobiq jamoamga qarshi o‘ynashda hayajon bo‘ldi.

Ko‘pchilikni yaxshi taniyman, jamoa o‘yin uslubidan xabardorman. O‘z navbatida ular ham meni yaxshi bilishadi. O‘yin qiyin kechdi deb o‘ylayman.

Gol urgan taqdirimda uni nishonlamasligimni o‘zim uchun oldindan bilardim. Shu sababli to‘pni darvozaga kiritganimda buni xotirjamlik bilan qabul qildim. 

"Bunyodkor" bugun yaxshi o‘ynadi. Jamoani tajribali murabbiy boshqarmoqda. Abramov o‘z o‘yin uslubiga mos keladigan yigitlarni tanlab olgan. Ular jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Mavsum davomida jamoa o‘zini ko‘rsatadi deb o‘ylayman”, - deydi Hamdamov.

Manba: Stadion
Kiritildi: 00:19, 03.04.2019.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик