Nigeriya terma jamoasi futbolchisi Samyuel Kaluning onasini o‘g‘irlab ketishdi.
Jinoyatchilar ayol uchun 7 ming yevro talab qilishdi. Kalu bu pullarni berdi, ammo o‘g‘rilar ayolni qo‘yib yuborishmadi va yana 35 ming yevro so‘rashdi. Kaluning onasining baxtiga polisiya uni qutqardi, biroq o‘g‘rilar qochib qolishdi.