Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

11 nafar «yangi Messi» yoki yana Shomurodov haqida...

11 nafar «yangi Messi» yoki yana Shomurodov haqida...

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Eldor Shomurodovning o‘yinidagi o‘sish barchamizni birdek to‘lqinlantirayotgani ayni haqiqat. Milliy jamoamizning bosh umidi va Ektor Kuperning asosiy to‘purariga aylangan istiqbolli futbolchimiz China Cupda qanday go‘zal gol urdi-ya, oh-oh... Hamyurtimizning «Rostov» tarkibidagi o‘yinlaridan ilhomlangan rossiyalik kasbdoshlarimiz esa, uni «Yangi Messi» sifatida maqtashgacha borishdi.

Bunday e’tiroflar o‘z yo‘liga, «Yangi falonchi» maqomi iste’dodlarga xalaqit bermasa, bas. O‘zi nafaqat Rossiya, balki butun jahon matbuotida kashfiyotlarni kimgadir «bog‘lash» odat tusiga kirgan: «Yangi Messi», «Yangi Ronaldu», «Yangi Buffon» va hokazo. Endi «Yangi Messi» yorlig‘ini olgan 11 nafar yigit bilan tanishib chiqsak. Chunonchi, ular orasida bizning Eldor ham bor. Yana bir tomoni, quyidagi futbolchilar turli mamlakatlar vakillaridir. sport24.ru saytida berilgan maqolada o‘zbek futboli tarbiyalanuvchisiga shunday ta’rif berilgan:

Eldor «O‘zbekiston Messisi» Shomurodov

Nega Messi? Shomurodovning o‘zi Sport24 saytiga bergan intervyusida Rostovga ko‘chib o‘tganidan keyingina uni Lionel bilan taqqoslay boshlashganini alohida ta’kidladi. Umuman olganda, Eldorga Fernando Torres va Didye Drogba ko‘proq yoqadi.

Hozir qayerda? O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh umidi Osiyo kubogida yorqin o‘yin ko‘rsatdi (4ta uchrashuvda 4ta gol). Ayni payt esa Valeriy Karpin qo‘l ostidagi «Rostov»ning asosiy tarkibidan muqim joy olishga urinmoqda.

 

Eldor Shomurodov -oxirgi 6ta o‘yinda 5ta gol!

Milliy jamoamizda Maksim Shaskix va Aleksandr Geynrix o‘rnini bosadigan munosib goleador bosh ko‘tarayotgan bo‘lsa, ajabmas. Har holda, Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining oxirgi 6ta o‘yinida 5ta gol urdi - ajoyib statistika.

1. O‘zbekiston - Ummon - 2:1 (OK-2019)

8 daqiqa, 1ta gol

2. Turkmaniston - O‘zbekiston - 0:4

(OK-2019)

90 daqiqa, 2ta gol

3. Yaponiya - O‘zbekiston - 2:1 (OK-2019)

70 daqiqa, 1ta gol

4. Avstraliya - O‘zbekiston - 0:0,

pen. - 4:2 (OK-2019)

104 daqiqa

5. O‘zbekiston - Urugvay - 0:3

(China Cup)

64 daqiqa

Xitoy - O‘zbekiston - 0:1 (China Cup)

72 daqiqa, 1ta gol

Jami: 6ta o‘yin, 408 daqiqa, 5ta gol (o‘rtacha har 81,6 daqiqada 1ta gol)

 

Boyan «Ikkinchi Messi» Krkich

Nega Messi? Hammasi oddiy: Krkichning futbolga kirib kelish tarixi argentinalik dahocha yo‘lini eslatib yuboradi. U 9 yoshida «Barsa» tizimida paydo bo‘lib, darhol betakror dribling mahorati bilan raqiblarini qiynashga tushdi. 17 yoshu 19 kunligida esa Kataloniya grandi safida debyut qilib, bu borada aynan Leo Messi o‘rnatgan rekordni yangiladi. Qarangki, matbuotchilar keyinchalik olamshumul ma’lumotni aniqlashdi: Boyan va Lionelning bobokalonlari tug‘ishgan aka-uka bo‘lishgan!

Hozir qayerda? «Stok Siti» sharafini himoya qilayotgan Boyan joriy mavsum Chempionship doirasidagi 16ta o‘yinda 1tagina gol urdi. Xullas, u haligacha bor iqtidorini ko‘rsata olgani yo‘q. Darvoqe, Serbiya milliy jamoasi taklifidan bosh tortib, ispanlarga rozilik bergan Krkich 2008 yili «qizil furiya» uchun atigi 22 daqiqa o‘ynadi va hamon shunday kamtarona statistika bilan cheklanmoqda.

Mario «Germaniya Messisi» Gyotse

Nega Messi? Germaniyalik superiqtidorni jahonda ko‘zga ko‘ringan deyarli barcha murabbiylar aynan Leo bilan taqqoslashgan. Deylik, Yoaxim Lyov va Xosep Gvardiola kabi sermulohaza mutaxassislar ham vaqtida Marioni «Yangi Messi» birikmasi yordamida ta’riflashgandi. To‘g‘ri, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi keyinchalik Gyotsega baho berishda adashganini oshkora tan oldi: «Ha, Mario o‘sha mundial finalida g‘alaba golini urdi, ammo uni Messi bilan qayoslamasligim kerak edi. Bunday maqtovdan keyin yigitcha mukammallik sari intilishdan shunchaki, to‘xtadi...».

Hozir qayerda? «Bavariya»ga shov-shuvli tarzda o‘tganiga qaramay, Myunxenda omadsizlikka uchragach, qadrdon klubi - Dortmund «Borussiya»siga qaytdi. Joriy mavsum vaqti-vaqti bilan maydonga tushmoqda (agar sog‘lom bo‘lsa, albatta), ba’zan hattoki, sardorlik rolini bajarmoqda.

 

Denis «Rossiya Messisi» Davidov

Nega Messi? Murat Yakin davrida «Spartak» safiga yopirilib kirgan Denis barchani birdek hayratlantirdi. Ayniqsa, Moskva klubi sohibi Leonid Fedun qattiq ta’sirlandi: «Qarang, bizda ham «Yangi Messi» bo‘y cho‘zmoqda. Qoyil, Davidov. Denisni maqtayverib, taltaytirib yubormasak bo‘lgani».

Hozir qayerda? 24 yoshli hujumchi «Nijniy Novgorod»da Dmitriy Cherishev boshqaruvida faoliyatini qayta izga solmoqchi. U yaqinda Rossiya birinchi divizionida chiroyli gol ham urdi.

 

Martin «Norvegiya Messisi» Edegor

Nega Messi? Norvegiyalik o‘smir 15 yoshiga qadar naq 4ta eng yuqori ko‘rsatkichni yangilashga ulgurdi - mahalliy darajada 3ta va xalqaro miqyosda 1ta rekord. Xalqaro ko‘rsatkichini esga olsak, Edegor 15 yosh 300 kunligida Bolgariya termasiga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga tushdi - Yevropa chempionati saralashi tarixidagi eng yosh ishtirokchi.

Hozir qayerda? Martin haqida anchadan buyon gapirishadi, ammo u hamon juda yosh. Xullas, endi 20 yoshdan hatlagan yarim himoyachi o‘tgan yoz ijara kelishuvi asosida «Vitess» safiga qo‘shildi va qisqa vaqt ichida Leonid Sluskiy boshqaruvidagi jamoaning chinakam yetakchisiga aylandi. «Real»da hozircha norvegiyalikka joy yo‘q, shuning uchunmi, «Ayaks» uning to‘laqonli sotib olish harakatini boshlab yubordi.

 

Yerkebulan «QozoG‘iston Messisi»

Saidaxmet

Nega Messi? Tushunarliki, texnik salohiyati baland deyarli har bir iqtidorni darrov Messi bilan taqqoslashadi. Jumladan, Markaziy Osiyoda ham shunday qarash mavjud. Qisqasi, Saidaxmet «Yangi Messi» maqomini jurnalistlardan oldi.

Hozir qayerda? 19 yoshida «Ufa» asosiy tarkibiga kirolmadi va hozirda Bolgariyaning «Levski»sida ijara muddatini o‘tamoqda. Shuning barobarida Qozog‘iston milliy jamoasi murabbiylari yigitchani muntazam ravishda yig‘inlarga chaqirishmoqda.

 

Erbol «QirG‘iziston Messisi» Atabayev

Nega Messi? 10 yoshli Erbol 2012 yili «Barselona» maktabi ko‘rigidan o‘tib, 300 nafar iqtidorli bola qatori Ispaniyaga yo‘l oldi. Shu voqea munosabati bilan Bishkekda hattoki, maxsus matbuot anjumani o‘tkazildi. Hozirda qirg‘iz mediasi Atabayevning Kataloniyadagi har bir qadami haqida yozmoqda, go‘yo.

Hozir qayerda? «Qirg‘iz Messisi» endi 17 yoshga to‘ldi va Kataloniya yoshlar ligasi to‘rtinchi guruhida ishtirok etuvchi Xosep Mariya Gen sport assosiasiyasi jamoasi safida o‘ynamoqda. Joriy mavsum klubning ishlari sira yurishmayapti, lekin Atabayev 4ta gol urishga ulgurdi.

 

Ilzat «Tatariston Messisi» Axmetov

Nega Messi? Aslida Ilzatni boshqa o‘lka Messisi sifatida ta’riflash ham mumkin. Chunonchi, u millati bo‘yicha - uyg‘ur, pasporti bo‘yicha — rossiyalik. Axmetov «Rubin» tarixidagi eng yosh debyutant maqomini olgach, Qozonda uni «Tatariston Messisi» sifatida maqtay boshlashdi.

Hozir qayerda? SSKA (Moskva) yetakchilaridan biri, Rossiya milliy jamoasi a’zosi.

 

Takefusha «Yaponiya Messisi» Kubo

Nega Messi? Yapon vunderkindi 10 yoshida «Barsa» skautlari nazariga tushdi, yakunda u ham Kataloniya grandi tizimida shug‘ullana boshladi. Aniqroq aytsak, Takefusha deyarli 5 yil davomida (2015 yilga qadar) klub kanterasida futbol sirlarini o‘zlashtirdi. U Kataloniyada tahsilni davom ettirardi, agarda UYEFA klub voyaga yetmagan futbolchilar transferini qonunga zid tarzda amalga oshirganini fosh etmaganida...

Hozir qayerda? 17 yoshli yigitcha «Yokogama F. Marinos» klubida binoyidek o‘ynamoqda, deylik, debyut uchrashuvidayoq o‘z tarkibiga sobiq «barsachilar» - Andres Inyesta, David Vilya va Serxi Samperni qo‘shib olgan «Vissel Kobe» darvozasini nishonga oldi.

Rizo «Eron Messisi» Parastesh

Nega Messi? Bu o‘rinda Sardor Azmunni ta’riflash ham mumkin, lekin Parastesh argentinalikka ko‘proq o‘xshaydi. To‘g‘ri ma’noda aytsak, u futbolchi emas, balki Leoning egizakidek. Deylik, Rizo shu o‘xshashlik tufayli Eron polisiyasiga ham tushgan. Gap shundaki, ko‘chada u bilan birga suratga tushishni xohlovchilar tirbandlik hosil qilishgandi.

Hozir qayerda? Rizo JCH-2018 vaqti Rossiyaga tashrif buyurib, Eron va aynan Argentina termalarini stadionlarda bevosita qo‘llabuvvatladi. U shuningdek, Rossiya polisiyasi bilan ham to‘qnash keldi. Yana o‘sha gap - ko‘chada Parasteshning atrofida katta olomon yig‘ildi, Messi «egizak»i bilan suratga tushish uchun, albatta.

 

Murtaz «AfG‘oniston Messisi» Ahmadi

Nega Messi? Leo 2016 yili afg‘onistonlik 5 yoshli bolakayga o‘z futbolkasini sovg‘a sifatida yubordi. Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda Murtaz Ahmadining ajoyib bir surati paydo bo‘ldi. Unda bolakayning futbol formasi emas, balki sellofan xaltani kiyib olgancha to‘p ortidan yugurayotgani aks ettirilgandi. «Yasama» futbolka orqasiga esa ruchkada Leoning o‘yinchilik raqami va familiyasi yozilgandi. Xullas, Murtazning o‘sha holatini yer yuzida millionlab kishi ko‘rdi, jumladan, Messi ham.

Hozir qayerda? Bolakayning otasi o‘tgan yili dekabrda qo‘shnilar Murtazga hasad bilan qaray boshlashgani haqida gapirdi. Keyinchalik unga Tolibon guruhi tomonidan tahdid solingani ma’lum qilindi. Messi esa afg‘onistonlik muxlisi taqdiriga aslo befarq qaramasligi va uni o‘z himoyasiga olishini aytdi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:21, 04.04.2019.
O'qildi: 5209 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.