Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Intervyu. Temurxo‘ja Abduxoliqov: “Meni «Paxtakor»ga chaqirishmaydi”

Intervyu. Temurxo‘ja Abduxoliqov: “Meni «Paxtakor»ga chaqirishmaydi”

Baho:
+ | -

Kecha bo‘lib o‘tgan «Lokomotiv» va «Andijon» klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng «Loko» hujumchisi Temurxo‘jani suhbatga tortdik.

Avvalambor, g‘alabalar muborak bo‘lsin. Jamoa  so‘nggi turlarda birinchi bo‘limni juda bo‘sh o‘tkazmoqda. Ikkinchi bo‘limda esa, o‘ziga kelib natija ko‘rsatmoqda. Bu nima bilan bog‘liq?

To‘g‘risi, o‘zimiz ham shunisiga tushuna olmayapmiz. Jismoniy xolat bilan bog‘lig‘ bo‘lsa kerak.

Ertaga (ya’ni bugun) «Paxtakor»  - «Nasaf»  uchrashuvida kimga muxlislik qilasiz?

Bizga farqi yo‘q. Asosan, o‘zimizning o‘yinlarimizni yaxshiroq o‘tkazish haqida o‘ylasak, to‘g‘riroq bo‘ladi.

Demak, chempionlik uchun asosiy da’vogar «Paxtakor» ochko yo‘qotsa, zarracha xursand bo‘lmaysizmi?

(Kuladi) Bilmadim, keyingi savolga o‘ta qoling

Bilamiz, «Paxtakor» sizga begona emas. Agar sizga «Paxtakor» taklif bilan chiqsa, qabul qilasizmi?

Bu bo‘lishi mumkin emas. Aniq bilaman, «Paxtakor» hech qachon menga taklif bilan chiqmaydi.

Nega?

Chunki bu yerda meni hamma narsa qoniqtiradi. Jamoam ham, klubdagi sharoit ham ko‘nglimdagidek.

Bu savolga javob bo‘la olmaydi. Nega «Paxtakor»ga sizni taklif etishmaydi?

(Kuladi) nima desam ekan, chaqirishmaydi Tamom. Boshqacha javob bo‘lishi mumkin emas.

Jamoa OCHL da anchayin oson guruhga tushgan bo‘lsada, biroz sust ishtirok etmoqda?!

Mavsum boshi bo‘lgani uchun dastlabki 2 ta o‘yinda to‘liq imkoniyatlarimizni ko‘rsata olmadik. Qolgan turlarada bor kuchimiz bilan maydonda harakat qilib guruhdan chiqishga urunib ko‘ramiz.

Navbatdagi o‘yin «Al Ittihod» bilan safarda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda durang natija «Loko» uchun qoniqarlimi?

Yo‘q unday demagan bo‘lardim. Hozirda guruhimizda hammada 3 ochkodan mavjud. Shunday ekan 9-aprel sanasida bo‘lb o‘tadigan o‘yinda ikkala jamoa ham 3 ochko uchun o‘ynaydi.

Vaqt ajratganingiz uchun rahmat. «Lokomotiv»dan g‘alabalar kutib qolamiz

Sizlarga ham rahmat. Nasib qilsa, muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz.

Y.U

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:48, 05.04.2019.
O'qildi: 5542 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик